Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy sharhlash
387
XVIII bob. Huquq normalarini sharhlash Sharhlanayotgan normaning tarixiy kelib chiqish shartlari, ya’ni huquqiy norma ma’nosining qabul qilinishi tarixiga murojaat qilish orqali uni huquqiy tartibga solish tizimiga kiritishdan ko‘zlangan maqsad aniqlanadi. Sharhlashning tarixiy-siyosiy usulida normativ hujjatning matni bilan birga tarixiy hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasining muho- kama qilinishi va qabul qilinishi bilan bog‘liq materiallar, bunday hujjatlar chiqarilishi vaqtidagi urf-odatlar, yuridik amaliyotning ilmiy sharhlari va boshqa shu kabi qo‘shimcha manbalardan foydalaniladi. Sharhlovchi sub- yekt hayolan huquqiy normaning hayotga kirib kelishiga sabab bo‘lgan tarixiy sharoitlarga qaytib, o‘sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhitni o‘rganib chiqadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari uchun tarixiy-siyosiy sharhlash alohida ahamiyatga ega. Chunki, shu faoliyat davlat manfaatlari bilan, ularni himoya qilish bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun qonun chiqaruv- chi idoraning siyosiy maqsadini tushunish, uning tarixini bilish ishning sifatli va muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lishiga yordam beradi. Sharhlashning tarixiy-siyosiy usuli, masalan, ma’muriy, fuqarolik yoki intizomiy huquqbu- zarlik chegarasida bo‘lgan jinoiy ishlarni tekshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tergovchi huquqbuzarlikning tarkibini tahlil qilib va huquqiy siyosatning zamonaviy talablarini hisobga olib, ish bo‘yicha qonunlar doirasida maqsadga muvofiq qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan u huquqiy nor- maning maqsadga erishishini ta’minlaydi. Mantiqiy sharhlash – tafakkur jarayoni bo‘lib, huquqni talqin etayot- gan shaxs sharhlashning boshqa usullariga murojaat etmasdan faqat mantiq usullari yordamida huquq normasini izohlash usulidir. Bunda huquqiy nor- maning matnidagi ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki mutanosibligi va mantiqiy jihatdan uzviy bog‘langanligiga e’tibor berilib, huquqiy normaning mazmuni aniqlanadi. Mantiqiy usul huquqiy holatlarni bilishda formal va dialektik mantiq vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Bunda sharhlashning obyekti normativ-huquqiy hujjat ichki qismlarining o‘zaro aloqadorligi hisob- lanadi. Mantiqiy sharhlashning maqsadi huquq normalarining mazmunini mantiq qonuniyatlari va prinsiplariga tayangan holda tushuntirishdan iborat bo‘ladi. Mazkur sharhlash usuli yordamida huquq normasining mazmuni man- tiqiy jihatdan qayta shakllantiriladi, tushunchasi mantiqiy tahlil qilinadi. Ularning hajmi, belgilari va aloqalari aniqlanadi. Huquqiy qoida hayotiy holatga yaqinlashtiriladi, shuningdek, o‘xshash va qarama-qarshi jihatlar o‘rganib chiqiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasida «spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling