Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- huquqiy oila
- «huquq oilasi»
396
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi tizim doirasida shakllangan yuridik texnika, huquqiy tizimning prinsiplari va boshqalar qabul qilinishi mumkin 1 . Qiyosiy huquqshunoslikda va maxsus yuri- dik adabiyotlarda shakllangan ta’rifga binoan, huquqiy oila deganda, turli xususiyat va belgilarning umumiyligi asosida ajraluvchi hamda farqlanuvchi milliy huquqiy tizimlarning yig‘indisi tushuniladi 2 . Xalqaro huquq fanida ham «milliy huquqiy tizim» iborasi keng qo‘llaniladi. Bunda bir mamlakat miqyosida shakllangan va amal qiladigan huquqiy tizim nazarda tutiladi. Har bir mamlakatda davlat tuzilishi, davlat boshqaruv shakl va davlat organlari majmui turlicha va ularning huquqiy mustahkamlanishi (rasmiylashuvi) o‘ziga xos bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakat ijtimoiy-siyosiy voqeligiga mos milliy huquqiy tizim qaror topishi tabiiy. Ammo, tarixan o‘zaro yaqin rivoj topgan qator jamiyatlarda (mamlakatlarda) shaklan o‘xshash va mazmunan yaqin huquqiy institutlar, huquqiy an’ana, qadriyat va normalar qaror topadi. Xuddi ana shu huquqiy institutlar, voqeliklar va normalar turli milliy huquqiy tizimlarning bir huquqiy oilaga uyushishiga asos bo‘ladi. Bun- dan tashqari, mamlakatda istiqomat qilayotgan xalqning mentaliteti, millat- ning o‘ziga xos xususiyatlari, qadriyatlari, urf-odati va an’analari ham huquqiy tizimni shakllantirishga, uning mazmuniga ta’sir o‘tkazadi. Demak, «huquq oilasi» huquq tizimi va huquqiy tizimga nisbatan keng ma’noli tushuncha bo‘lib, ularni o‘z tarkibiga qamrab oladi. Huquq oilasi ba’zan yuridik adabiyotlarda huquqiy tizim tushunchasi bilan aynanlashtiriladi 3 . Qiyo- siy huquqshuqshunoslik bilan shug‘ullanuvchi olimlar tomonidan «huquq oila- si» atamasi turlicha talqin etiladi. Jumladan, R. David «huquqiy tizimlar oilasi», K-O. Ebert va M. Reynstayn «huquqiy doiralar», I. Sabo «huquqiy tizimlar shakli», S.S. Alekseev «tuzilmaviy umumiylik» – deb ataydilar. Huquq oilasi huquqiy tizimlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishiga asos bo‘luvchi, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, tarixan shakllangan, bir necha milliy huquqiy tizimlarning birligini ifodalovchi dunyo huquqiy voqeligining eng katta tarkibiy qismidir. Bir qator huquqiy tizimlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatni belgilab olish, ularni huquq oilalariga ajratish imkonini beradi. «Huquq oilasi» kategoriyasi yuridik belgilari o‘xshash bo‘lgan huquqiy tizimlar guruhini ifodalashga xizmat qiladi. Bu tushuncha o‘zaro o‘xshash yuridik bel- gilarga ega bo‘lgan huquq tizimlarining nisbiy birligini anglatish uchun xizmat qiladi va aytib o‘tilgan tizimlarning muayyan tarixiy rivojlanish xususiyatla- rini, ya’ni tuzilishi, huquq manbalari, yetakchi huquq institutlari va sohalari, 1 Общая Теория государства и права. Академический курс. Т.2. – М., 1998. – 99-bet. 2 Qаrаng: Синюков В.Н. Российская правовая система. Введение в общую теорию. – Саратов, 1994. – 166-bet. 3 Qаrаng: Давид Р. Основные правовые системы современности. – М., 1988. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling