Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
392
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi likasining fuqarolari» iborasi bilan faqat voyaga yetgan, muomala layoqatiga ega shaxslarni nazarda tutadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki voyaga yetmagan, ruhiy kasal shaxslar bunday huquqdan foydalana olmaydilar. Kengaytirilgan sharhlash qonun normasi matnining mazmuni uning mantiqiy ma’nosidan tor bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasining 112-moddasida «Sudyalar mustaqildirlar, faqat qo- nunga bo‘ysunadilar», deyilgan. Bunda qo‘llanilgan «sudya» iborasining haqiqiy ma’nosi keng tushuniladi. Qonun chiqaruvchi idora «sudya» iborasi orqali faqat sudyalarni emas, shu bilan birga xalq maslahatchilarini ham mustaqilligini va faqat qonunga bo‘ysunishini nazarda tutgan. Shunday qilib, huquqiy normalarni sharhlash, huquq yaratuvchi organ- ning normativ-huquqiy hujjatlarda mujassamlangan irodasining haqiqiy ifodasi bilan huquqiy normaning so‘zda ifodalangan ma’nosini aniqlash va tushuntirish orqali, huquqning to‘liq tatbiq etilishiga ko‘maklashadi. Aholining huquqiy nor- malar mazmunini teran anglashga, ularga qat’iy amal qilishga, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning yuqori saviyada bo‘lishiga olib keladi. 393 XIX bob. Hozirgi dunyo huquqiy tizimlari Dunyoviy huquqiy tizimlarni ilmiy mushohada qilish va talqin etish masalasi bugungi kunda olimlar e’tiborini o‘ziga jalb qilayotgan dolzarb mavzu hisoblanadi. Hozir- gi dunyo huquqiy xaritasi jamiyat taraqqiyotining mazkur bosqichida mavjud va faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab milliy huquqiy tizimlarning yig‘indisidan ibo- rat. Uning muhim jihati shundaki, ushbu huquqiy tuzilmalar turlicha rivojla- nish darajasida bo‘lsa-da, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, o‘zaro ta’sir muno- sabatlari mavjuddir. Ushbu o‘zaro aloqadorlik va ta’sir etish darajasi turlicha bo‘lishiga asosiy sabab eng kamida ikkita: birinchisi – alohida milliy huquqiy tizimlar bir qator o‘zaro umumiy xususiyat, belgi va o‘xshashliklarga ega; ik- kinchisi – har biri aniq milliy huquqiy tizim bo‘lib, aksincha, qolgan boshqa huquqiy tizimlarga nisbatan ustuvorlik qiluvchi xususiyatlarga, o‘ziga xos bel- gilarga ega holatda namoyon bo‘ladi. Qiyosiy huquqshunoslik bo‘yicha mutaxassis M. Bogdan shunday deydi: «hozirgi dunyoda mavjud yuzlab huquqiy tizimlar ustuvor o‘xshash belgilarga ega. Bu o‘xshashliklar, odatda, aynan bir yoki «o‘zaro juda yaqin jamiyat tiplari bilan», umumiy yoxud «jamiyat taraqqiyotining juda yaqin (o‘xshash) tarixiy shart-sharoitlari bilan», umumiy yo «juda o‘xshash dinlar bilan», shuning- dek boshqa shunga o‘xshash holatlar bilan belgilanadi» 1 . O‘xshash belgilar mil- liy huquqiy tizimlarni integratsiyalashga asos bo‘ladi. Farqli xususiyatlar esa ularni alohida, mustaqil tizim sifatida talqin etish imkonini beradi. Jahon huquqiy tizimlarini tavsiflashda «tizim» tushunchasi markaziy kategoriya hisoblanadi. «Tizim», («sistema») tushunchasi avval ta’kidlanganidek, «qismlardan tashkil topgan majmua» degan ma’noni anglatadi 2 . Falsafiy qomusiy lug‘atda: «tizim, sistema (qismlardan iborat butun) – o‘zaro munosabat va aloqada bo‘lgan, muayyan yaxlitlikni hosil qiluvchi ko‘p qismlar (elementlar) majmui», – deb ta’rif berilgan 3 . Yana shu manbada qu- 1 Qаrаng: Bogdan M. Comparative Law. Kluwer, 1994. – 82-bet; Проблемы теории государства и права. Учебное пособие. – М., 1999. – 375-bet. 2 Fаlsаfа: qоmusiy lug‘аt // Tuzuvchi vа mаs’ul muhаrrir Q. Nаzаrоv. – T., 2004. – 398-bet. 3 O‘shа jоydа. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling