Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Maxsus yuridik sharhlashda


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Maxsus yuridik sharhlashda maxsus atamalar, qonunchilikda 
qo‘llanilgan yuridik texnika vositalari va qonun chiqaruvchi idoraning 
xohish-irodasini ifodalash usullari tahlil qilinadi. Qonun chiqaruvchi 
idoraning huquq normalarida aks ettiriladigan xohish-irodasi nafaqat umu-
miy iste’moldagi so‘zlar orqali, balki maxsus yuridik atamalar yordamida 
ham ifoda etiladi. Bunda turli texnik-yuridik vositalar va usullardan foy-
dalaniladi, huquqiy tartibga solishning har xil usullari qo‘llaniladi. Sharhlov-
chi shaxs huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini, yuridik 
konstruksiyani, tartibga solish usuli va boshqa shu kabilarni hisobga olishi 
kerak.
Yuqorida zikr etilgan sharhlashning usullari huquqiy normaning maz-
munini to‘laqonli yoritishga katta yordam beradi.


389
XVIII bob.
 Huquq
normalarini sharhlash
Huquqni sharhlashning turlari to‘g‘risi-
dagi masala huquqni tushuntirish faoliyati-
ning natijalari va sharhlash hujjatlarining 
yuridik tabiatiga oid masalalar jumlasiga ki-
radi. Huquqiy normalarning mazmunini tushuntirishning muayyan natijalari 
sharhlanayotgan hujjatlar hisoblanadi. Ularning amaliyot uchun yuridik aha-
miyati sharhlash subyektlarining vakolatlaridan kelib chiqadi. Huquqiy norma-
larni sharhlashda sharhlovchi subyektlarning roli katta.
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy normalarni sharhlash vakolatiga ega 
bo‘lgan subyektlar quyidagilardan iborat: davlat hokimiyati vakillik organlari, 
davlat boshqaruvi organlari, sud organlari, prokuratura va boshqa organlar
jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar. Mazkur subyektlar 
huquqiy normalarni sharhlaganda ularning mazmunini to‘g‘ri tushunib, huquqiy 
normalarni hayotga tatbiq etadi.
Huquq normalarini sharhlash uni amalga oshiradigan subyektiga qarab 
ikki turga bo‘linadi:
rasmiy sharhlash;
norasmiy sharhlash.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling