Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet399/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Dunyo huquqiy 
tizimlarining 
tasniflanishi
2-§.


398
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
oila – umumiylikhuquqiy guruh – alohidalik va milliy huquqiy tizim – 
xususiylik hodisasini aks ettiradi.
Hozirgi dunyo huquqiy tizimlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan murakkab 
bo‘lgan huquqiy oila, huquqiy guruh va alohida milliy huquqiy tizimlar tarzida 
tasniflash ilmiy afzallik va maqbullikka ega. Bunda huquqiy oilaning tarkibida 
yanada aniqroq tasniflash o‘tkazib, uni alohida huquqiy guruhlarga, huquqiy 
tuzilmalarga ajratish mumkin. Masalan, roman-german huquqiy oilasi tarki-
bida fransuz huquqi guruhini va german huquqi guruhini ajratish mumkin; 
umumiy huquq oilasida – ingliz huquqi guruhini va amerika huquqi guruhini 
ajratib ko‘rsatish mumkin.
Turli mamlakatlardagi huquqiy tizimlarni tasniflashning bir qancha me-
zonlari mavjud:
Vujudga kelish va rivojlanish genezisining umumiyligi. Ushbu tizimlar 
tarixan o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, umumiy davlat – huquqiy ildiz-
dan o‘sib chiqqan (ular qadimgi davlatlardan o‘sib chiqqan va yagona huquqiy 
ibtido, huquqiy prinsiplar va mezon – normalarga tayanadi).
Huquqiy normalarning mustahkamlanish va ifodalanish shakli (man-
balari) ning umumiyligi. Gap huquqni ifodalashning tashqi ko‘rinishi haqida 
bormoqda. Bunda huquq normalari qanday o‘rnatiladi, qaysi manbalarda ifo-
dalanadi (qonundami, sud qarori yoki shartnomadami?), ularning roli va aha-
miyati, nisbati kabilar aniqlanadi.
Strukturasining (tarkibiy tuzilishining) yagonaligi, o‘xshashligi. Dun-
yoning bir huquqiy oilasiga kiruvchi huquqiy tizimlar normativ-huquqiy ma-
terialni joylashtirishning (shakllantirishning) o‘xshash strukturasiga ega. Bu 
o‘xshashlik, odatda, 
birinchidan, bu mikro darajada, ya’ni huquqiy normaning 
tarkibiy tuzilishi darajasida, 
ikkinchidan, makro darajada – normativ material 
yirik tuzilmalari (huquq tarmog‘i, subtarmog‘i, qonunchilikning kompleks 
tuzilmalari) ning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) darajasida ko‘rinadi.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish prinsiplarining umumiyligi. Bu 
prinsiplar ba’zi davlatlarda subyektlarning erkinligi, tengligi g‘oyalarida, odil 
sudlovning obyektivligida ifodalansa, boshqa davlatlarda diniy asoslarda namo-
yon bo‘ladi, uchinchi mamlakatlarda – milliy sotsialistik g‘oyalarda ifodalanadi.
Yuridik kategoriya va tushunchalarning, terminlar va yuridik texni-
ka qoidalarining yagonaligi, huquq normalarini tizimlashtirishning birligi. 
Huquqiy jihatdan «qarindosh», turdosh bo‘lgan mamlakatlar, odatda, o‘z aha-
miyati va ma’nosi bo‘yicha o‘xshash iboralarni, tushunchalarni ishlatadilar. Bu 
hol ularning kelib chiqishi umumiyligi bilan bog‘liq
1
. Shu sababli, bir huquqiy 

Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 
1997. – 509–510-betlar.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling