Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
391
XVIII bob. Huquq normalarini sharhlash sudya, prokuror, tergovchi, advokat, notarius va boshqa yuridik kasb vakillari shug‘ullanishi mumkin. Doktrinal sharhlash deganda, kundalik faoliyatida bevosita huquqdagi muammolarga duch keluvchi va ularni bartaraf etish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis, yurist-olimlarni mavjud huquq normalarining mohiyatini yoritib berishga yo‘naltirilgan izohlari tushuniladi. Tatbiq etilayotgan normalarni il- miy (doktrinal) sharhlash ilmiy xodimlar, olimlar, mutaxassislar tomonidan monografiyalar, darsliklar, ma’ruzalar va ilmiy maqolalarda amalga oshirilishi mumkin. Bunday sharhlar ilmiy xarakterga ega bo‘lib, majburiy (normativ) ahamiyat kasb etmaydi. Huquqiy normalarni sharhlash maqsadi qonun chiqaruvchi idora nazarda tutgan huquqiy me’yorning ma’nosini aynan aniqlashdan iborat. Qo- nun chiqaruvchi idora o‘z irodasini til vositalarida ifodalaydi. Shuning uchun uning so‘zlar yordamida ifodalangan irodasi har doim ham uning haqiqiy maz- muni bilan mos kelmasligi mumkin. Huquq normasi ma’nosining bir xilligi va to‘la aniqligi sharhlashning natijasi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, sharhlashning hajmiga ko‘ra turlari farqlanadi. Hajmiga ko‘ra sharhlash – qonun chiqaruvchi idora huquqiy normaga jo etgan haqiqiy ma’noni anglash maqsadini nazarda tutadi. Sharhlashning nati- jasiga ko‘ra tom ma’noda (aynan), cheklangan va kengaytirilgan sharhlash kabi turlari farqlanadi. Huquqni tom ma’noda sharhlash deganda, tatbiq etilayotgan huquq yaratuvchi idoraning irodasi bilan uning huquqiy normada so‘zda ifodalangan irodasi bir bo‘lganda qo‘llanadigan izohlash tushuniladi. Tom ma’noda sharh- lash fanda «aynan» sharhlash ham deb ataladi. Bunga misol qilib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasini ko‘rsatish mumkin. Unda shun- day deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganligidan qat’iy nazar, hamma uchun tengdir». Shuningdek, huquqiy nor- malarni so‘zning tom ma’nosida sharhlashga misol sifatida O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasining 22-moddasini keltirish mumkin. Unda «O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolat»lashi mustahkamlangan. Cheklangan sharhlash huquqiy normaning so‘zda ifodalangan va ras- miylashtirilgan ma’nosi uning mantiqiy ma’nosi va mazmunidan keng bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-mod- dasida «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega» ekanliklari mustahkamlangan. Qonun chiqaruvchi idora «O‘zbekiston Respub- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling