Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
403
XIX bob. Hozirgi dunyo huquqiy tizimlari Anglo-sakson huquq oilasida yuridik presedent asosiy huquq manbayi vazifasini o‘taydi. Yuridik presedent – ma’muriy yoki sud organining yozma yoki og‘zaki qarori bo‘lib, kelajakda xuddi shunday ishlarni ko‘rib chiqishda namuna, etalon bo‘lib xizmat kiladi. Yuridik presedent sud va ma’muriy presedentdan iborat bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Albatta, huquqiy presedent shakli sifatida sud yoki ma’muriy organlar yangi huquqiy normalar yaratish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda huquq o‘zining murakkabligi va chalkashliklari bilan farq qiladi. Bundan tashqari, bunda mansabdor shaxs tomonidan suiiste’mollik qilish ehtimoli bor. Shunday qilib, xususiy ishga taalluqli bo‘lgan sud qarorlari ikki yoqlama ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin: birinchidan, sud faoliyati nati- jasida ma’lum bir hodisani hal qilishi mumkin; ikkinchidan, bu sud qarorini kelgusida bo‘ladigan hodisalarga ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Ikkinchi holda esa, sud qarori huquq normasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki u oldingi qabul qilingan qarorga (presedentga) asoslanadi. Sud qarorlari presedent sifatida quydagicha bo‘ladi: birinchisi, ushbu nor- maning ma’nosini tushuntirib beradi, buni inglizlar declaratory precedent deb nomlaydi; ikkinchisi, qonun va odat normalari to‘g‘ri kelmay qolganda yangi normalar yaratadi, buni inglizlar oriqinal precedent deb nomlaydi. Ikkinchi holda ko‘rinib turibdiki, yangi norma haqida so‘z yuritilmoqda. Nima uchun sud qarori presedent sifatidagi normaga aylanishi mumkin? Chunki, hayotda huquqdan tashqari presedent ham katta rol o‘ynaydi. Haqiqatdan ham, kishilar doimo bo‘lib o‘tgan hodisaga asoslanadi, hatto u bir marta sodir bo‘lsa ham keyingi harakatlar uchun namuna bo‘lib qoladi. Konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq sohasida ham yuqorida aytib o‘tilgan hodisalarga, ya’ni oldin bo‘lib o‘tgan hodisalar asosida masalalarning hal qilinganini ko‘rish mumkin. Aksariyat xalqaro huquq qoidalari ham presedent ta’siri ostida vujudga keladi. Agar sud qarorlari asosida majburiy normalar ahamiyati tan olinsa, buning uchun tegishli asoslar bo‘lishi kerak. Bunda sudning aholi orasida hurmatga sazovor bo‘lishi, ya’ni, bitta ish yuzasidan qabul qilingan qarorni ikkinchi bir ishga ham ta’sirini o‘tkazish uchun emas, balki boshqa bir muhim asoslari bo‘lishi kerak, chunki sud qarorlari alohida ishonch yaratishi kerakki, bu sudga bo‘lgan hurmatni bildiradi. Bu shundan guvohlik beradiki, sud qarorining obro‘si uning faqat axloqiy asosga tayan- ganligidan emas, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham o‘z faoliyatida asoslanganidan dalolat beradi. Muhimi, sudning qarori davlat hokimiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va uning nuqtayi nazariga moslashishi zarur, agar uni qo‘llash oqibatida noqulay holat kelib chiqmasa, sud qaroriga itoat etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling