Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy tizimi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy tizimi. Bu davlatlarning huquqi 
o‘z asosiga ko‘ra kodekslashtirilgan. Hozirda Yevropanikiga o‘xshash kodeks-
lar mavjudligi uchun Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy tizimlarini roman-
german huquqiy tizimiga yaqin, deb hisoblanadi. Boshqa o‘xshash tomonlari 
yo‘q. Masalan, ularda huquq normalari yo‘q. Odat huquqining Lotin Amerikasi 
huquqining manbayi sifatidagi roli davlatdan-davlatga o‘tgan sayin o‘zgarib bor-
gan. Argentinada u ancha ko‘p, Urugvayda, aksincha, oz. Lekin umuman bu 
yordamchi huquq manbayidir. Yevropa qit’asida u qonunda ko‘rsatilgan hollarda 
ishlatiladi. Lotin Amerikasining to‘rtta davlati: Argentina, Braziliya, Venesuela 
va Meksika federativ davlatlar hisoblanadi. Ularning huquq tizimida federativ 
qonunchilikning tarkibi amal qiladi. Lotin Amerikasi davlatlarining konstitutsi-


408
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
yalari amerikacha boshqaruv shakli, prezidentlik respublikasi va boshqa holat-
larni o‘zlashtirgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, AQShdan farq qilib, Lotin 
Amerikasi davlatlari uchun konstitutsiyaviy barqarorlik to‘la xos emas. Masa-
lan, Venesuelada 168 yil ichida, ya’ni birinchi Konstitutsiya qabul qilingan vaqt 
ichida 20 ta, Boliviyada esa, 152 yil ichida 21 ta Konstitutsiya qabul qilingan. 
Lotin Amerikasi davlatlari sud tizimini AQSh tajribasidan olib shakllantirgan, 
lekin AQShdan farqli ravishda ularda sud amaliyoti huquq hisoblanadi.
Skandinaviya xalqlarining huquq tizimi. Skandinaviyaning Shvetsiya, 
Norvegiya, Daniya va Finlandiya davlatlari mazkur huquq tizimiga rioya qiladi-
lar. Rim huquqi boshqa huquq tizimiga nisbatan Skandinaviya huquq tizimida 
kam o‘rin tutadi. Skadinaviya davlatlarida Fransiyaning fuqarolik kodeksi yoki 
german fuqarolik tuzuklari kabi kodekslar mavjud emas va bo‘lmagan ham. 
Ularda sud amaliyoti Yevropa qit’asi mamlakatlariga nisbatan muhim o‘rin tut-
gan. 1683-yilda Daniyada qabul qilingan «qirol Kristian V kodeksi» (u 1687-yil-
da Norvegiyada «Norvegiya huquqi» nomi bilan amal qilgan) va 1734-yilgi 
«Shved davlatlari qonunlari kodeksi» kabi ikki qonunchilik hujjati, ikki kodeks 
Skandinaviya huquqining shakllanishida boshlang‘ich nuqta bo‘lgan.
Kodifikatsiyalangan qonunchilik Skandinaviya huquqining katta qismi 
bo‘lmagan. Masalan, Norvegiya va Daniya sud amaliyotining huquq manbayi 
sifatidagi katta ahamiyatini ko‘rsatuvchi aniq yondashuv kuzatiladi. Shvetsi-
yada ham sud amaliyoti katta o‘rin tutgan. Bu bevosita roman-german huquqi-
dan umumiy huquqqa yondashuvni olib keladi. Bu mintaqa davlatlari bir-biriga 
ijtimoiy, madaniy jihatdan birlashib ketgan.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling