Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

413
XX bob.
 Huquqiy tartibga
solish mеxanizmi
lariga va ularga asoslangan boshqa munosabatlarga ta’sir etib, ularni mustah-
kamlaydi, qo‘riqlaydi va rivojlantiradi. Huquqiy ta’sir etish natijasida ilg‘or va 
ijobiy ijtimoiy munosabatlar huquqiy himoya qilinadi hamda takomillashtiriladi. 
Jamiyat manfaatlariga mos kelmaydigan yoxud eskirgan munosabatlar esa 
ijtimoiy turmushdan siqib chiqariladi.
Shuni nazarda tutish joizki, huquqning o‘zi bevosita ijtimoiy munosabat-
lar tizimini yaratishi, o‘zgartirishi hamda rivojlantirishi mumkin emas. Huquq 
ushbu munosabatlar ishtirokchilarining ongiga ta’sir etish orqali, shuningdek 
qat’iy harakat qoidalarini o‘rnatib, ularni tartibga soladi. Ijtimoiy munosabat 
(shu jumladan, huquqiy munosabat) qatnashchilari ongli va irodaviy harakat-
larni sodir etadilar. Shu bois mazkur munosabatlarga huquqiy ta’sir etish, ular-
ni yo‘lga solib turish mumkin bo‘ladi. Huquqiy tartibga solish huquqiy ta’sir 
etishning ancha mustaqil va faol ko‘rinishlaridan biridir. U maxsus amalga 
oshiriladigan faoliyat hisoblanadi.
Huquqiy tartibga solish – ijtimoiy munosabatlarga huquq yordamida 
ularni umummajburiy, normativ tarzda tartibga solish maqsadida ta’sir etish 
jarayonidir. Huquqiy tartibga solishning muhim xususiyati shundaki, u ijtimoiy 
munosabat ishtirokchilarining yuridik huquq va majburiyatlarini belgilaydi, 
huquqlar ro‘yobga chiqarilishini va majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi. 
Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish ijtimoiy tartibga solishning 
maxsus turi bo‘lib, o‘zining demokratik qadriyatlarga tayanganligi, maqsadga 
yo‘naltirilganligi va samaraliligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, huquqiy tartibga 
solish o‘ziga xos ta’sir etish vositalari (mexanizmi) orqali amalga oshiriladi. 
Qonun chiqaruvchi idoraning yuridik normalar yaratishdan ko‘zlagan maqsadi 
xuddi ana shu huquqiy ta’sir etish vositalari yordamida ro‘yobga chiqariladi.
Huquqning ijtimoiy munosabatlar regulyatori ekanligi huquqshunoslik 
fanida uzil-kesil tan olingan. Huquqning asosiy vazifasi ham uning regulyator-
lik (ya’ni, tartibga soluvchilik) tabiatidan kelib chiqadi. Huquq (qonun) hayotiy 
munosabatlarni tartibga solar ekan, ularning amal qilishi va rivojlanishi 
uchun aniq me’yor o‘rnatadi. Shu yo‘l bilan ularni jamiyat va davlat manfaat-
lari nuqtayi nazaridan tartibga soladi, me’yorlaydi. O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, jamiyatni tubdan yangilash, modernizatsi-
yalash, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy-ma’naviy sohada keng qamrovli 
islohotlar yo‘lini tutdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – ijtimoiy adolatni 
ta’minlovchi demokratik davlatni qaror toptirishdir. 
Ana shu ustuvor maqsad mazmunidan kelib chiqib aytish mumkinki, 
demokratik islohotlar va huquqiy davlatchilik barpo etishning hozirgi 
bosqichida davlat hamda jamiyat hayotining qonuniy zaminini mustahkamlash, 
yangi tuzumga xos ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomil-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling