Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


XX bob. HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MЕXANIZMI


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

XX bob. HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MЕXANIZMI
Huquqiy tartibga 
solish tushunchasi
1-§.


412
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
susan, davlat o‘z funksiyalarini bajarish va maqsadlariga erishish uchun huquq 
normalarini yaratadi. Davlat huquq normalari yordamida ijtimoiy munosabat-
larni huquqiy tartibga soladi.
Huquqiy tartibga solish ehtiyoji obyektiv ijtimoiy zaruriyatdir. Zero, 
muntazam maromlilik va batartiblik har qanday ishlab chiqarish usulining ta-
labi bo‘lib, u shu tufayli ijtimoiy barqarorlik hamda mustaqillikka ega bo‘ladi. 
Qat’iy tartib iqtisodiy rivojlanishni tasodiflardan va beboshliklardan saqlab 
turadi. Bunday tartibni davlatning majburlov kuchiga tayanuvchi huquqqina 
ta’minlay oladi. Huquqiy normalarda ijtimoiy munosabat ishtirokchilari faoli-
yatining andozasi (modeli), kishilar yurish-turishi, xatti-harakatining algoritmi, 
taraflarning huquq va majburiyatlari me’yori aks ettiriladi. Huquq insonlar 
xatti-harakatini subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar shaklida me’yorlash 
(modellashtirish) orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Huquq normalari jamiyat hayotining asosiy jabhalarini normativ tarzda 
tartibga solib turadi. Huquqiy normalarning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri, 
ularni tartibga solishi huquqni amalga oshirish jarayonining bevosita natijasi-
dir. Mazkur qoidani tushunib olish uchun 
«huquqiy ta’sir etish» va «huquqiy 
tartibga solish» iboralarining ma’nosini tahlil qilish lozim. Bunda eng av-
valo, «ta’sir etish» va «tartibga solish» tushunchalarini aniqlash talab etiladi, 
chunki ular aynan bir ma’noli so‘zlar emas. «Tartibga solish» iborasi lotincha 
«regulo» so‘zidan olingan bo‘lib, qoida, batartiblash, yo‘lga qo‘yish, bir narsani 
ikkinchisiga muvofiqlashtirish ma’nosini anglatadi. «Ta’sir etish» iborasi esa, 
biror narsaga xatti-harakatlar tizimi vositasida yondashib, uni o‘zgartirishga 
erishishdir. «Ta’sir etish» tushunchasi o‘z hajmiga ko‘ra «tartibga solish» 
kategoriyasidan keng. Ta’sir etish ham huquqiy normalar yordamida xulq-
atvorni tartibga solishi, ham boshqa huquqiy vositalar va usullar orqali kishilar 
xulq-atvorini o‘zgartirishga erishishi mumkin.
Yuridik adabiyotda ba’zi tadqiqotchilar huquqiy tartibga solish tushun-
chasiga inson ongi va xulq-atvoriga huquq ta’sir etishining barcha turlarini 
kiritadilar, boshqa olimlar esa, mafkura va tarbiyani huquqiy tartibga solish 
mazmunidan tashqariga chiqaradilar. Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikri 
ancha jo‘yali ko‘rinadi. Unga muvofiq, huquqiy tartibga solish – huquqning 
ijtimoiy munosabatlarga maxsus yuridik vositalar tizimi yordamida ta’sir etish-
dir. Chunki, hamma huquqiy hodisalar ham ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solishga qodir emas. Demak, «ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish» 
iborasi nisbatan keng tushuncha bo‘lib, o‘z mazmuniga jamiyat hayotiga huquq 
ta’sirining barcha yo‘nalishlari va shakllarini qamrab oladi. Huquqning bunday 
ta’siri – normativ (umummajburiy) regulyatorlik, mafkuraviy va tarbiyaviy 
shakllarda namoyon bo‘ladi. Huquq ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabat-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling