Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
414
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi lashtirish – strategik yo‘nalishdir. Amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaf- faqiyati ko‘p jihatdan huquqiy tartibga solishning holatiga bog‘liqdir. Islohot- lar va modernizatsiyalash jarayonlari rivojlanib va chuqurlashib borgani sari, ularning huquqiy negizi takomillashtirilib boriladi, qabul qilingan qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. Bu hol qonunlarning ta’sirchanligi va samarasini oshirish imkonini beradi. Davlat qonun, farmon va hukumat qarorlarini qabul qilish yo‘li bilan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarning borishini huquqiy jihatdan jadal va qat’iy tartibga solish, iqtisodiyotning hamda siyosiy tizimning muhim bo‘g‘inlari barcha jabhalarini takomillashtirishni amalga oshiradi. Mustaqillik yillarida mamlakatda bozor iqtisodiyoti va bozor munosabat- lari infratuzilmasini shakllantirishning huquqiy poydevori yaratildi. Xususan, «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida», «Tadbirkorlik to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida», «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «Bankrotlik to‘g‘risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida», «Lizing to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qo- nunlar, Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona, Budjet kodeksi va boshqa normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Yuridik adabiyotda huquqning regulyatorlik funksiyasi turlicha talqin etiladi. Ba’zan yuridik shaklga ortiqcha o‘rin berilib, huquqiy tartibga solish mexanizmi tarkibiga huquq ijodkorlik jarayoni ham qo‘shib yuboriladi. Bu mantiqqa muvofiq emas. Chunki gap ikkita mustaqil huquqiy hodisa (insti- tut) haqida bormoqda. Demak, xuddi «huquq normasi» ni «huquqiy tartibot» tushunchasiga qo‘shib bo‘lmaganidek, huquq yaratish jarayonini huquqiy tartibga solish mexanizmiga qo‘shish mumkin emas. Xulosa shuki, huquqning imkoniyatlarini, yuridik shaklning ahamiyatini haddan oshirib, obyektiv ijtimoiy munosabatlarning ustuvor belgilovchi rolini, ta’sischi xarakterini nazardan qochirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Huquqiy tartibga solish ko‘lamini ta’riflashda olimlar ikki guruhga ajraladi- lar. Ba’zi olimlar huquqiy tartibga solishda yuridik normalar faqat huquqiy munosabatlar (shakli, modeli) orqali ta’sir etadi, deb hisoblaydilar. Bu fikr tarafdorlari subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarning mavjudligini mut- laq va nisbiy huquqiy munosabatlar mavjudligi bilan bog‘laydilar. Professorlar S.S. Alekseev va N.I. Matuzovlar huquqiy tartibga solish huquqiy munosabatlar orqali amalga oshadi, degan fikrni quvvatlab, ayni paytda, absolyut va nisbiy huquqiy munosabatlarga «umumiy huquqiy munosabatlar» ni ham qo‘shadilar. Biroq, huquqiy tartibga solish faqat huquqiy munosabatlar bilan chegaralab qo‘yilsa, uning tartibga solish doirasi toraytirib yuborilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling