Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


a) huquqiy axborotning darajasi va xarakteri


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet427/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

a) huquqiy axborotning darajasi va xarakteri. Huquqning samarali 
amal qilishi ko‘p jihatdan hukuq subyektlari tomonidan amaldagi yuridik nor-
malarni bilish hamda anglab yetish darajasiga bog‘liq. Tabiiyki, bunda huquqiy 
qoidalarning barchaning e’tiboriga qay yo‘sinda va qay me’yorda yetkazilishi 
muhimdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aholi tomonidan huquqiy prinsiplar 
va aniq yuridik normalarni bilish darajasi bir xil emas. Aholining turli qatlam-
lariga huquqiy axborot har xil yo‘l va vositalar orqali borib yetadi. Huquqiy 
axborotning yetkazilishida ommaviy axborot vositalar-radio, televideniye va 
matbuotning o‘rni alohidadir;
b) ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquqiy e’tiqodi va 
yo‘naltirilganligi. Huquqning ijtimoiy hayotdagi harakatlanishi shaxs-
ning huquqiy e’tiqodi, o‘y-fikrlarining yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq. Zero, 
huquqning amal qilishi huquq sohiblarining nafaqat axborotlanganlik da-
rajasi bilan, balki huquqiy norma talablariga rioya etish va uni bajarishga 
bo‘lgan shaxsiy ichki qat’iyatning shakllanganlik darajasi bilan ham bog‘liq. 
Yanada aniqroq ifoda etadigan bo‘lsak, shaxs huquqiy maqsad, vazifa ham-
Huquqiy tartibga 
solishning 
ijtimoiy va ruhiy 
mexanizmi
4-§.


425
XX bob.
 Huquqiy tartibga
solish mеxanizmi
da ideallarni bajarish va egallashga qanchalik yo‘naltirilganligi nazarda 
tutilmoqda;
d) huquq amal qilishining ijtimoiy oqibatlari. Yuridik normalar 
amal qilishining oqibati – huquqiy talabni amalga oshirishning yakuniy nati-
jasigina emas, balki huquq harakati keyingi bosqichlarining boshlang‘ich 
nuqtasi hamdir. Huquqning ijtimoiy harakati «qayta bog‘lanish» mexanizmi 
(huquqiy ong, yuridik va sud amaliyoti, davriy huquq ijodkorligi) orqali 
huquqiy tartibga solish jarayoniga, uni yo‘naltirishga va tuzatishga ta’sir 
ko‘rsatadi;

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling