Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
rioya qilish, bajarish, foydalanish
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
rioya qilish, bajarish, foydalanish va qo‘llash shaklida bo‘lishi mumkin.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmining xususiyatlaridan biri Konstitutsiya normalarining joriy qonunlar tomonidan konkretlashtirilishi hamda bevosita amalga oshirilishidir. Qonun normalari, o‘z navbatida, Prezi- dent farmoni, Hukumat qarori, davlat boshqaruv idoralari va huquqni qo‘llovchi organlar hujjatlari orqali hayotga joriy etiladi. Shunday qilib, jamiyat va davlat hayotini konstitutsiyaviy-huquqiy tartib- ga solish, uning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash mamlakatimizning yanada ildam qadamlar bilan mustaqillik yo‘lidan olg‘a qarab rivojlanishining ishonchli garovidir. 424 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish jarayonining ichki tuzilishini (struktu- rasini) yanada kengroq talqin qilish mum- kin. Zero, bu nihoyatda serqirra, mazmundor va turfa xil namoyon bo‘lish jihatlariga ega hodisadir. Huquqiy tartibga solish yuridik mexanizmdan tashqari, ijtimoiy (sot- sial) va ruhiy (psixologik) mexanizmlarga ham ega. Ayonki, huquq ijtimoiy muhitda amal qiladi. Uning harakatlanishiga turli ijtimoiy omillar, hayotiy vaziyat hamda hodisalar ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy adabi- yotlarda huquqning kundalik real hayotda amal qilish hodisasi huquq hara- katlanishining ijtimoiy (sotsial) mexanizmi deb yuritiladi. Huquq harakatlanishining yoki huquqiy tartibga solishning ijtimoiy mexanizmi deganda, huquqiy prinsiplar va normalarning talablarini huquq sub- yektlari xulq-atvori hamda yurish-turishiga aylantirish (singdirish) bilan bog‘liq jarayonga ta’sir etuvchi ijtimoiy va boshqa hayotiy omillarning yalpi umumiy tizimi tushuniladi. Mazkur jarayonning asosiy bosqichlariga quyidagilar kiradi: huquq prinsiplari va normalari mazmunini barchaning e’tiboriga yetkazish; huquqiy aktlarda ijtimoiy foydali maqsadni ifodalash orqali huquqqa muvofiq xulq-atvorni yo‘naltirib turish; huquqiy ko‘rsatmalar yordamida ijtimoiy foy- dali huquqqa muvofiq xulq-atvorni shakllantirish; ijtimoiy-huquqiy nazoratni amalga oshirish. Huquqiy tartibga solishning ijtimoiy mexanizmini tavsiflashda uning ushbu jihatlari alohida o‘rin tutadi: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling