Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet432/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

430
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakatdagi normativ-huquqiy huj-
jatlar tizimida ustunlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi. Uning normalari 
boshqa qonunlarning qoidalaridan yuqori oliy yuridik kuchga ega. Qolgan bar-
cha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar konstitutsiya asosida, unga 
muvofiq va uning ijrosi uchun chiqarilgan. Bu madaniyati yuksak taraqqiy 
etgan mamlakatning qat’iy qoidasidir.
Qonun – jamiyat huquqiy tizimining eng muhim tarkibiy qismi, huquqni 
ifoda etishning oliy shaklidir. Qonun vositasi xalq (jamiyat) irodasining davlat 
amri darajasiga ko‘tarilishi, rasmiylashuvi, umummajburiy qoidaga aylanishi 
hamda mustahkamlanishi amalga oshadi.
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari tizimida qonunlar 
asosiy o‘rinni egallaydi. Qonun davlat oliy vakillik organining eng yuqori yuri-
dik kuchga ega bo‘lgan aktidir. Qonunlar bevosita konstitutsiya qoidalari va 
prinsiplari asosida, ularni hayotga joriy etish maqsadida chiqariladi.
Qonun oliy yuridik kuchga ega. Qonunning ushbu xususiyati quyidagi-
larda namoyon bo‘ladi:
birinchidan, qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa 
hech kim o‘zgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangasini o‘rnata olmaydi;
ikkinchidan, boshqa barcha normativ-huquqiy hujjatlar qonunga qat’iy 
muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi;
uchinchidan, biron-bir qonunosti normativ-huquqiy hujjat qonunga zid 
bo‘lsa, u qonunga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi;
to‘rtinchidan, qonun oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat bo‘lganligi 
sababli uni qabul qilgan organdan boshqa hech kim qo‘shimcha tasdiqlashi va 
bekor qilishi mumkin emas.
Qonun davlat nuqtayi nazaridan eng muhim deb hisoblangan ijtimoiy 
munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasidir. 
Unda mazkur munosabatlardagi qonuniyatlarning normativ majburiy xarak-
teri va siyosiy-huquqiy me’yori o‘z ifodasini topadi. Qonunlar faqat siyosatning 
ifodasi, siyosiy chora bo‘lib qolmasdan, beqiyos ijodiy va tarbiyaviy vazifani 
bajaruvchi katta ma’naviy boylik hamdir.
Respublika qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumimizning, 
huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanishimizning 
yo‘nalishlari va dasturiy vazifalari o‘z aksini topadi. Bunday muhim prin-
siplar, avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkam-
langan. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat suvereniteti prinsipi; xalq 
hokimiyatchiligi prinsipi; inson huquqlarining ustunligi prinsipi; qonuniylik 
prinsipi; demokratiya prinsipi; davlat bilan shaxsning o‘zaro burchdorligi 
prinsipi; konstitutsiya va qonunning oliyligi prinsipi; hokimiyatlar taqsim-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling