Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Qonuniylik  prinsiplari va


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet438/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Qonuniylik 
prinsiplari va 
kafolatlari
2-§.


435
XXI bob.
 Qonuniylik va 
huquqiy tartibot. Intizom
qonunchilik tartibiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan amaldagi qonunlar ras-
miy ravishda bekor qilinguniga qadar u yuridik kuchga ega bo‘ladi va unga 
rioya qilish hamma uchun majburiydir. Jamiyatda o‘zining yuridik ahamiyatini 
yo‘qotgan biror-bir qonun yo‘q. Agar qonunlarning birortasi jamiyat manfaat-
lariga zid yoki uning talablariga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, bunday holda qo-
nunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlar mazkur qonunlarni bekor 
qilish to‘g‘risidagi tashabbus bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga murojaat 
etadilar. Qonun o‘rnatilgan tartibda bekor qilingandagina, o‘zining yuridik 
kuchi va ahamiyatini yo‘qotgan hisoblanadi. 
4) Qonuniylikning aholi madaniy darajasi bilan bog‘liqligi. Qonuniy-
lik madaniyatni oshirishga, o‘z navbatida, madaniyatning rivojlanishi esa, qo-
nuniylikni mustahkamlashga yordam beradi. Qonuniylik aholining huquqiy 
madaniyat darajasi bilan bevosita bog‘liq. Jamiyatda aholining huquqiy ongi 
va huquqiy madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qonunlarga rioya qilish 
va ularning bajarilishi shunchalik samarali bo‘ladi. Aholining huquqiy ongi va 
madaniyat darajasi yuqori bo‘lmasa, bunda qonuniylikka erishish amri mahol. 
Basharti, fuqarolar qonun chiqaruvchi organning qonunlarda mustahkamlan-
gan erki-irodasi, unda qo‘yilgan talablarni bilmas ekan, bundan ijobiy natija 
kutib bo‘lmaydi. Asosiysi, fuqarolar qonunlarda qanday imtiyozlar berilganligi 
yoki qanday harakatlar taqiqlanganligidan bexabar qoladi. Aholining huquqiy 
ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlash maqsa-
dida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda 
«Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» qabul qilingan 
bo‘lib, u huquqiy savodxonlik, huquqiy tafakkur va ma’rifatni shakllantirishda 
dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mamlakatda qonuniylikni ta’minlashda ularni kafolatlash muhim aha-
miyat kasb etadi. Qonunlar orqali kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tartibga 
solinar ekan, ularni hayotda to‘g‘ri tatbiq etish uchun qonuniylik tegishli usul-
lar vositasida amalga oshiriladi. Bunday usullar davlat tomonidan belgilangan 
bo‘lib, qonuniylik kafolatlari deb ataladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling