Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Marginal huquqiy xatti-harakat
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Marginal huquqiy xatti-harakat. Marginallik lotincha «marginalis»
so‘zidan olingan bo‘lib, chekkada, chegarada turish ma’nosini anglatadi. Bunda shaxs davlat tomonidan o‘rnatilgan jazo tizimidan qo‘rqishi oqibatida huquq talabiga bo‘ysunadi. Bu toifa shaxslar ijtimoiy faol yoki odatiy huquqiy xatti- harakatni amalga oshirmaydilar. Marginallik xulq-atvorning shunday shakliki, bunda individ g‘ayriijtimoiy kayfiyatda, o‘rnatilgan huquqiy tartibotni buzish chegarasida bo‘ladi, ammo muayyan hadik va qo‘rquv ta’sirida salbiy oqibat yuz bermaydi. Ushbu vaqt oralig‘ida shaxsning xatti-harakatlarining motiviga jazoga tortilishdan xavotirlanish, huquqqa rioya qilishdan manfaat qidirish, yaqinlari va jamoaning dashnomlaridan, noroziliklaridan cho‘chish kabi omil- lar ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, marginal xulq-atvor huquqqa muvofiq 463 XXIII bob. Huquqiy xulq-atvor, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik xulq-atvor hisoblanadi. Chunki, shaxs o‘z e’tiqodi jihatdan huquqiy talablarga xayrixoh bo‘lmasa-da, biroq ularga rioya etadi. Huquqqa muvofiq xatti-harakatlar bir qancha turlarga bo‘linadi. Ularni turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqqa mos xatti-hara- katlarning tashqi namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra faol harakat yoki aksin- cha, passiv xulq-atvor – harakatsizlik turlariga ajratiladi. Ma’lumki, huquqqa muvofiq xatti-harakat muayyan huquq sohalariga te- gishli bo‘lgan normalar asosida amalga oshadi. Shunga ko‘ra, huquqiy xatti- harakatlarni fuqaroviy-huquqiy, ma’muriy-huquqiy, mehnat-huquqiy, oilaviy- huquqiy kabi turga ajratiladi. Huquqiy qoidalarni amalga oshirish shakliga ko‘ra, huquqqa muvofiq xatti-harakatlarni huquqqa rioya etish, bajarish, foy- dalanish yoki uni qo‘llash bilan bog‘liq xulq-atvor sifatida guruhlashtirish mumkin. Huquqiy faoliyat va xatti-harakatlarni amalga oshirilish sohasiga qarab – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa turlarga tasniflash mumkin. Harakat yoki faoliyatni amalga oshiruvchi subyektga qarab – fuqaro, yuridik shaxs, mansabdor shaxs, davlat yoki jamoat tashkilotini farqlash mumkin. Shunday qilib huquq muvofiq xatti-harakatlarni turlarga ajratib o‘rganish, ularning tabia- tini, xususiyatlarini, ahamiyatini, siyosiy va huquqiy hayotdagi rolini teranroq tushunish imkonini beradi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling