466
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
tartibotga qarshidek ko‘rinsa ham huquqbuzarlik hisoblanishi mumkin emas.
Masalan, zaruriy mudofaa holatida odam o‘ldirish.
Ayb – shaxsning o‘zi sodir etgan huquqqa xilof harakatga va uning
zararli oqibatlariga bo‘lgan ruhiy munosabati. Inson oldida qariyb har doim
huquqqa mos yoki unga zid harakat qilishni tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u
ikkinchi yo‘lni tanlasa, huquqqa xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb
hisoblanadi.
5. Qilmishning jazoga sazovorligi ma’lum huquqbuzarlik uchun uni
sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka torti-
lishini anglatadi. Ushbu javobgarlik chorasi va chegarasi huquqiy normaning
sanksiyasida ifodalanadi.
Huquqbuzarlik tarkibi: Huquqbuzarlik yuridik fakt bo‘lib hisoblanadi,
u o‘z navbatida, qo‘riqlovchi xarakterga ega bo‘lgan huquqiy munosabatlarni
ham yuzaga keltiradi. Huquqbuzarlikning tarkibi muayyan huquq normasini
sharhlash, uning mazmunini ochish hamda dunyoqarash nuqtayi nazaridan
muhim ahamiyatga ega. Huquqbuzarlik tarkibi to‘rtta elementni o‘z ichiga ola-
di: huquqbuzarlikning
obyekti, subyekti, obyektiv tomoni va subyektiv tomoni.
Huquqbuzarlikning obyekti deganda huquq bilan tartibga solinadigan
va qo‘riqlanadigan g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik natijasida zarar
yetkaziladigan ijtimoiy munosabatlarga tushuniladi. Obyekt huquqiy normada
aniq ifodalangan bo‘ladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs nafaqat jamiyatda
qaror topgan huquqiy tartibotga, balki fuqarolarning huquqiy ongiga hamda
ularning subyektiv huquqlariga zarar yetkazadi.
Huquqbuzarlik obyekti va predmeti alohida tushunchalar bo‘lib, ular bir-
biridan farq qiladi. Masalan, o‘g‘rilik jinoyatining obyekti, o‘zgalar mulki, ya’ni
mulkiy mazmundagi ijtimoiy munosabat hisoblanadi, uning predmeti esa, pul,
buyum, videotexnika, mebel, transport vositalari va boshqa shu kabi turli xil
moddiy ashyolar bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |