Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet475/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   471   472   473   474   475   476   477   478   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Yuridik javobgarlik bir tomondan, fuqarolar va mansabdor shaxs-
larning davlat tomonidan o‘rnatilgan huquqiy norma talablariga to‘liq amal 
qilish mas’uliyati va, ikkinchi tomondan, davlat bilan huquqni buzgan shaxs 
o‘rtasida huquqiy munosabat bo‘lib, bunda aybdor shaxs muayyan huquqlardan 
mahrum etilib, o‘zi uchun noxush oqibatlar kelib chiqishidan jabrlanishidir. 
Bunda huquq normasi sanksiyalarini realizatsiya qilish momenti yuridik javob-
garlikni belgilash momentiga mos keladi deyish mumkin.

Rеtrоspеktiv – o‘tmish, o‘tmishgа qаytish dеmаkdir. Yuridik mа’nоdа huquqiy nоrmаni buzgаndаn 
kеyingi jаvоbgаrlik, ya’ni o‘tgаn ish uchun jаvоbgаrlik.


472
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Yuridik javobgarlikda huquqqa xilof xatti-harakatni sodir etgan shaxs-
ga nisbatan uning erki va istagidan qat’iy nazar davlat majburlov chorasi 
qo‘llaniladi. Davlatning majburlash kuchi faqat huquq normalari talablarini 
buzgan shaxslarga nisbatangina qo‘llaniladi.
Yuridik javobgarlik – huquqbuzarga nisbatan huquq normalari-
da ko‘zda tutilgan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini 
qo‘llashi bo‘lib, bunda aybdor shaxs muayyan huquqlardan (shaxsiy, mulkiy, 
tashkiliy va hokazo) mahrum etiladi. 
Yuridik javobgarlik quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi: 
1) yuridik javobgarlik davlat majburlov choralari bilan bog‘liq;
2) yuridik javobgarlik huquqbuzarlik bilan bog‘liq;
3) yuridik javobgarlik huquqbuzar uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqa-
radi (ozodlikdan, ota-onalikdan mahrum bo‘lish yoki sodir etilgan qilmishi 
uchun jarima to‘lash va hokazo); 
4) huquqbuzarga nisbatan qo‘llaniladigan choralarning xarakteri va hajmi 
huquq normalarning sanksiyasida o‘rnatilgan bo‘ladi;
5) davlat tomonidan qo‘llaniladigan majburlov choralari huquqni qo‘llash 
faoliyati davomida tegishli vakolatli organlar tomonidan qonunda belgilangan 
tartibda va protsessual shakllarga amal qilgan holda olib boriladi.
Yuqoridagi xususiyatlari bilan yuridik javobgarlik siyosiy, axloqiy va 
boshqa javobgarliklardan farq qiladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   471   472   473   474   475   476   477   478   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling