Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet483/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   479   480   481   482   483   484   485   486   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

479
XXIII bob.
 Huquqiy xulq-atvor,
huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik
Yuridik javobgarlik va qilmishning huquqqa xilofligini istisno qiluvchi 
holatlar mavjud va ularga quyidagilar kiradi: 
aqli norasolik, zaruriy mudofaa, 
oxirgi zarurat, ijtimoiy xavflilik darajasi bo‘lmagan huquqbuzarliklar sodir 
etish va hokazolar.
Yuridik javobgarlik va davlat majburlovining boshqa turlarini farqlash 
katta nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega. U shaxs va jamiyat manfaatlarini 
himoya qilish uchun ta’sir o‘tkazishning maqsadga muvofiq va qonuniy vosita-
sini tanlash imkonini beradi.
Shunday qilib, fuqaroning aybsizligi prezumpsiyasi o‘zboshimchalik, 
zo‘ravonlik, g‘ayriqonuniy bosim o‘tkazish va qonuniylik buzilishining oldini 
oluvchi muhim kafolatdir.


480
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Fuqarolik jamiyati insoniyat tarixiy 
taraqqiyotining alohida yetuklik davri sifa-
tida uning ma’rifiy shakllanish, komillikka 
erishish va ravnaq topish bosqichlarini o‘z 
qamroviga oladi. Bunday ideal jamiyat haqidagi g‘oyaning paydo bo‘lishidan 
uning hayotiy voqelikka aylanishigacha bo‘lgan amaliyotni ilmiy jihatdan tahlil 
etish hozirgi kunning dolzarb mavzusidir. Bashariyat o‘z tamaddunida ulkan 
taraqqiyot darajasiga erishganligiga qaramay, bugunga qadar fuqarolik jami-
yati g‘oyasining tub ma’nosi, mohiyati bo‘yicha yagona nuqtayi nazar shakl-
lanmadi, uning yagona ilmiy ta’rifini yaratishga erishilmadi. Xo‘sh, «fuqaro-
lik jamiyati» kategoriyasining ma’no-mazmuni, ilmiy talqini, mohiyatiga oid 
xususiyat-belgilari qanday? Bu borada adabiyotlarda, jumladan, huquqshunos-
lik sohasidagi adabiyotlarda qanday fikr-mulohazalar mavjud, degan savollar 
o‘zining ilmiy yechimini kutmoqda.
Fuqarolik jamiyati qadimdan alloma – mutafakkirlar nazdida jamiyat va 
davlat siyosiy tuzumining adolat, erkinlik, tafakkur zamiriga qurilgan ideal na-
munasi tarzida ifodalanib kelgan. Masalan, Aristotel jamiyatni davlatdan alohi-
da tasavvur etmagan; davlatni fuqarolarning umumiy jamoasi deb ta’riflagan. 
«Davlat fuqarolar yig‘indisining o‘z ehtiyojlarini yetarli darajada qondirish qo-
biliyatiga ega bo‘lib yashashidir». Mark Tulliy Sitseron jamiyatda fuqarolarning 
huquqiy jihatdan tengligini isbotlashga uringan: «… qonun fuqarolik jamiyatini 
bog‘lovchi bo‘g‘ini, huquq esa, qonun bilan o‘rnatilib, barcha uchun bir xil 
bo‘ladi». Taraqqiyotning bu bosqichida fuqarolik jamiyati davlat bilan aynan bir 
deb e’tirof etilgan.
«Fuqarolik jamiyati» tushunchasi tarixan insoniyat taraqqiyotining turli 
davrlarida yashagan mutafakkirlarning adolatli ijtimoiy tuzum modelini yaratish 
yo‘lidagi intilishlari bilan tavsiflanadigan alohida bir davrni aks ettiradi.
Hozirgi sharoitda fuqarolik jamiyatini barpo etish dunyodagi aksariyat 
davlatlarning siyosiy dasturlarida, konstitutsiyalarida mustahkamlangan maqsa-
diga aylangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ham mustaqilikka 
erishgach, o‘z oldiga adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat 
barpo etish vazifasini strategik maqsad qilib belgiladi. Zotan, mamlakatimizda 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   479   480   481   482   483   484   485   486   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling