Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
davlat xususiy mulkdor
huquqlarining himoyachisidir» 1 . Mamlakatimiz parlamenti tomonidan 2012-yil 24-sentabrda «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qo- nun qabul qilindi 2 . U xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash uchun qonuniy – huquqiy maydon yaratdi. Fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yaratishga katta hissa qo‘shgan nemis faylasufi G. Gegel, bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan. U ikki asosiy prinsipni ajratib ko‘rsatgan: birinchidan, shaxslar o‘z xususiy manfaatlaridan kelib chiqib harakat qiladilar; ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tizimini vujudga keltiradilarki, bunda har kim boshqa kimsaga bog‘liq bo‘ladi. Xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy struktura bo‘lmish fuqarolar jamiyati bozor iqtisodiyoti munosabatlari tizimidan iboratdir. Bunday munosabat- 1 Kаrimоv I.А. Mаmlаkаtimizdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish vа fuqаrоlik jаmiyatini rivоjlаntirish kоnsеpsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 2010. – 48-bеt. 2 Хаlq so‘zi, 2012-yil 25-sеntabr. 483 XXIV bob. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat larga ishlab chiqarishdagi raqobat va unda hokimiyatning ma’muriy aralashuvini cheklash orqali erishiladi. Fuqarolar jamiyati insonning ijodiy faolligini namoyon etishga yo‘l ochuvchi munosabatlar shakllangan taqdirda zohir bo‘ladi. Buyuk fransuz inqilobining manifesti – 1791-yilgi Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasida ham xususiy mulk muqaddas va dahlsiz deb e’lon qilingan. Feodalizmning ashaddiy dushmani bo‘lgan yakobinchilar esa, xususiy mulkni yangi jamiyatning, ya’ni fuqarolik jamiyatining birdan-bir asosi deb bil- ganlar. Tarix saboqlaridan ma’lumki, xususiy mulk nafaqat jamiyatni turli qat- lamlarga ajratgan, balki, ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan tashab- busni rag‘batlantirgan, hokimiyatga nisbatan mustaqil (avtonom) tuzilmalarni vujudga keltirgan. O‘zbekistonda ham xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiy muno- sabatlar tizimi qaror topmoqda, tadbirkorlikka, kichik va xususiy biznesga keng yo‘l ochilib, uning tegishli tashkiliy va huquqiy mezanizmlari vujudga keltirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolik jamiyatining qaror topishishini xususiy mulkning qat’iy mavqega ega bo‘lishi bilan bog‘laydi. Shu asosda hozirgi paytda jamiyatda keng ko‘lamda xususiylashtirish (aksiyalashti- rish) jarayonlari amalga oshirilmoqda. Xo‘sh, nima sababdan islohotchi – davlat O‘zbekistonda demokratik fuqa- rolik jamiyatini jadal shakllantirib borishdan manfaatdor? Birinchidan, shu asnoda mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqti- sodiyoti sari olg‘a siljish yo‘llari va usullari xususida fuqarolar kelishuviga erishish to‘g‘risida norasmiy ijtimoiy shartnoma tuzish va uni ro‘yobga chiqarishda islohotchi-davlat uchun sherik vujudga keltiriladi. Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati o‘z institutlari orqali shaxsning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlagan holda, davlatda vakillik de- mokratiyasining va mamlakatda ijtimoiy-siyosiy tizimning asosi hisoblanadi. Uchinchidan, O‘zbekiston xalqi fuqarolik institutlari va mexanizmlari, avvalo saylov tizimi orqali o‘zining siyosiy yuksalishi va hayotiy muhim milliy manfaatlarini ifodalashi uchun barqaror shart-sharoitlar yaratmoqda. To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati shaxs va jamiyat, fuqaro va davlat, et- nik va konfessional jamoalar, ijtimoiy-demografik guruhlarning hayotiy muhim manfaatlarining o‘zaro maqbul muvozanatidan kelib chiqqan holda quriladi. Beshinchidan, demokratik jamiyat fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faol- ligiga asoslangan. O‘z navbatida, uning o‘zi turmushning barcha sohalaridagi islohotlar jarayonida bunday faollikning o‘sib borishini izchil rag‘batlantirib boradi va davlatning byurokratlashuvi, uning institutlari fuqarolarning hayotiy muhim manfaatlaridan uzilib qolishi xavfiga qarshi turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling