Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
486
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi rivojlangan demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim shartidir. Biz bugun, demokratik o‘zgarishlar davrida mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy hayotida bevosita va faol ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolari- mizning salohiyati to‘la namoyon bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Bu bora- da ko‘ppartiyaviylik tizimi, partiyalararo bahs-munozara, fikrlar va dasturlar o‘rtasidagi raqobatni jadal rivojlantirish muhim ahamiyatga ega» 1 . Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborot vositalari alo- hida o‘rin tutadi. Tahlil yuritilayotgan jabhada huquqiy davlatning asosiy vazi- fasi inson va fuqaroning yuksak huquqiy maqomini ta’minlab berishdan iborat. Konstitutsiyaning 2-moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar, deb yozilgan. Buning ma’nosi shuki, davlat, uning organlari avvalo fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishlari lozim. Qo- nunda belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat organlari va mansab- dor shaxslar uchun muqaddas bo‘lmog‘i lozim. O‘z fuqarolarining haq-huquqla- rini ta’minlab bera olmagan davlat demokratik huquqiy davlat deb atalishi mumkin emas. Fuqarolar qonun oldida teng, huquqning teng subyekti sifatida e’tirof etilishi lozim. Fuqarolar va ularning uyushmalari davlat organlari bilan huquqning teng subyektlari sifatida munosabatga kirishadilar. Basharti, bu teng huquqiy mu- nosabatlarda tomonlardan birining huquqiga, manfaatiga putur yetkazilsa, u sudga murojaat etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o‘z huquqini tiklashga erishishi lozim. Huquqiy davlatchilikning muhim prinsiplaridan biri ana shun- day. Shunday qilib, huquqiy davlat nafaqat fuqarolik jamiyatini boshqaruvchi tizim, balki o‘zini o‘zi boshqaruvchi fuqarolik jamiyatiga bog‘liq, uning manfaat va ehtiyojlariga bo‘ysunuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling