Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy davlat
haqidagi ta’limot 4-§. 493 XXIV bob. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qonunning ustunligi, qonun va sud oldida barchaning tengligi ta’minlanadigan, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan, davlat hokimiyati vakolat- lari demokratik taqsimlash asosida tashkil etiladigan adolatli davlat sifatida ta’riflanadi. Hozirgi zamon huquqiy davlati – avvalo, inson huquq va erkinliklari, hokimiyatni amalga oshirishda (bevosita yoki vakillar orqali) xalqning ishtiroki ta’minlanuvchi demokratik davlat. U yuksak huquqiy va siyosiy madaniyat, rivojlangan fuqarolik jamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolar- ga o‘z qarashlari va e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish imkoniyati ta’minlanadi. Bu, xususan, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining shakllanishi va faoliyat olib borishi, siyosiy plyuralizm, so‘z va matbuot erkin- ligi hamda shu kabilarda o‘z ifodasini topadi. Huquqiy davlatning quyidagi belgilarini alohida e’tirof etish lozim: 1) jamiyat hayotining barcha jabhalarida qonunning ustunligi; 2) huquqiy davlat organlarining faoliyati hokimiyatning qonun chiqaruv- chi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi; 3) shaxs va davlatning o‘zaro mas’ulligi; 4) fuqarolarning huquq va erkinliklari amalda ta’minlanishi, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyalanganligi; 5) konstitutsiya doirasida ish olib boruvchi turli partiyalar, tashkilotlar va birlashmalarning erkin faoliyati, turli mafkuraviy qarashlarning mavjudligiga asoslangan siyosiy va mafkuraviy plyuralizmning qaror topganligi; 6) jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotning barqarorligi. Huquqiy davlat shakllanishining qo‘shimcha omillari va shartlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: – ijtimoiy ongda huquqiy nigilizmga barham berish; – yuksak darajadagi siyosiy-huquqiy savodxonlikka erishish; – partiyalar bilan davlat organlari funksiyalarini ajratish; – davlat boshqaruvini demokratlashtirish; – huquqiy madaniyatni yuksaltirish; – yangi huquqiy tafakkur va huquqiy qadriyatlarning vujudga keltirilishi. Huquqiy davlatda tabiiy-tarixiy huquq va erkinliklar, davlat bilan muno- sabatlarda fuqarolar manfaatining ustunligi, huquqda umuminsoniy asoslar, in- sonning oliy qadri ta’minlanadi. «Huquqiy davlat» tushunchasi – demokratiya, insonparvarlik, inson huquqlari, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar, liberalizm kabi muhim umuminsoniy qadriyatlardan biri. Huquqiy davlatning mohiyati – ijti- moiy va siyosiy hayotda huquqning ustunligi, suveren huquqiy hokimiyatning mavjudligida ifodalanadi. Hokimiyatning bo‘linishi prinsip yordamida davlat huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi, bu siyosiy hayotning de- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling