Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet493/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

fuqarolik jamiyati – teng huquqli insonlarning jamiyati, yakka 
shaxslar yoki jamoalar manfaatlarini amalga oshirishga ko‘maklashadigan ja-
moat va nodavlat institutlarining tizimidir. Shuni ham ta’kidlash kerakki, fuqa-
rolik jamiyati jamoat birlashmalarining yig‘indisidangina iborat bo‘lmay, balki 
ular faoliyati natijasida paydo bo‘ladigan munosabatlar tizimi hamdir. Shuning 
uchun ham fuqarolik jamiyatini milliy va diniy an’analarsiz, odatlar, odob-axloq 
normalari va milliy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu jamiyat iqti-
sodiy, kasbiy, madaniy, diniy va boshqa manfaatlarni shakllantirishga va ularni 
amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy aloqalar tizimini ham o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi har bir insonning ehtiyojlari, 
manfaatlari, huquq va erkinliklarini amalga oshirishga qaratilgan. Konstitutsiya 
insonni eng katta boylik sifatida alohida ko‘rsatgani holda fuqaro, jamiyat va 
davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning oqilona, huquqiy hal etilishini siyosiy 
jihatdan rasmiylashtiradi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, ularning 
inson manfaatlarini himoya qilishga va ijtimoiy munosabatlarni maqbul holga 
keltirishga yo‘naltirilganligi fuqarolik jamiyati asoslarini qaror toptirishning 
asosiy omillaridir.
Fuqarolik jamiyatida huquq va qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini 
o‘zi kamol toptirishiga yordam beradi, shaxs manfaatlari, uning huquq va 
erkinliklari to‘liq ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Аyni vaqtda, bu barcha 
odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart ekanligini ham bildiradi. 
O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada ko‘rsatilgan huquqlaridan foy-
dalanib, davlatning siyosiy hayotida tobora keng ishtirok etmoqdalar. «O‘tmish 
davri sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz 
berayotgan bir paytda O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini 
ifoda etishi lozim bo‘lgan keng tarmoqli, ko‘ppartiyaviy tizim kabi demokratik 
institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi ham muhim 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling