Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet496/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   492   493   494   495   496   497   498   499   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

492
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Bunday jamiyatda mehnat erkin bo‘lib, davlat tomonidan ham, jamiyat tomoni-
dan ham rag‘batlantiriladi, majburiy mehnat taqiqlanadi, individual va jamoaviy 
mehnat erkinligi kafolatlanadi. Davlat aholini ish bilan to‘la ta’minlash uchun 
shart-sharoitlar yaratadi, kasb-hunar ta’limi va yangi ixtisos olish dasturlarini 
joriy etadi mehnatga tayyorlash va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lanishini 
amalga oshiradi. 
Jamiyatni davlatning yalpi «homiyligi»dan ozod qilishda uni «tungi qoro-
vul» darajasiga tushirib qo‘yish yaramaydi. Barcha ijtimoiy tuzilmalarda tub 
o‘zgarishlar yuz berayotgan sharoitda aynan davlat yangi siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiradigan birlashtiruvchi kuchga aylanishi 
lozim. Jamiyatni davlat ta’sirisiz o‘zgartirish, isloh qilish mumkin emas. Uning 
inson huquqlarini himoya qilish sohasida bozor islohotlarining salbiy oqibatla-
rini yengillashtirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyati, ayniqsa, muhimdir. Davlat-
ning ijtimoiy vazifasi daromadlarni jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasida soliq 
tizimi, davlat budjeti va maxsus ijtimoiy dasturlar yordamida qayta taqsimlash-
dan iborat. 
Uzoq muddatli, istiqbolli maqsad sifatida davlat fuqarolarning moddiy 
holatini tenglashtirishga harakat qilishi lozim. Nafaqat yuridik, balki haqiqiy 
tenglikka erishish – tarixan qisqa fursatda erishib bo‘lmaydigan vazifa. Biroq, 
bu ulkan ma’naviy imkoniyatni o‘zida mujassamlashtirgan tenglik g‘oyasi rad 
etilishini anglatmaydi. Jamiyatimizning rivojlanish yo‘llarini aniqlash, iqtisodiy 
va ijtimoiy sohalarga davlatning aralashuvi chegaralarini, mulkni taqsimlashda 
uning tartibga soluvchi rolini, davlat ijtimoiy funksiyasining o‘sishini va 
uning o‘z fuqarolariga munosib turmush sharoitini yaratish uchun mas’ulligini 
kuchaytirish muhim vazifadir.
O‘zbekistonda tenglik, adolat va yuksak ma’naviyatga asta-sekin 
erishishni ta’minlovchi huquqiy davlatni shakllantirish yangi demokratik 
jamiyat modelining muhim jihatidir.
 
Insoniyat davlat paydo bo‘lgan qadimgi 
davrdan buyon adolatli hokimiyat (adolatli 
hukmdor) haqida orzu qilib keladi. Xuddi 
mana shu istak huquqiy davlat haqidagi ta’limotning vujudga kelishiga turtki 
bergan.
Huquqiy davlat – fuqarolik jamiyatining siyosiy shakli bo‘lib, u jami-
yat hayotida demokratik institutlarning rivoj topishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish tizimi mavjudligi bilan tavsiflanadigan, inson huquq va manfaat-
larini ustuvor ta’minlaydigan davlatdir. Shuningdek, huquqiy davlat huquq va 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   492   493   494   495   496   497   498   499   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling