Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
495
XXIV bob. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tik davlat. U yuksak huquqiy va siyosiy madaniyat, rivojlangan fuqarolik jamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolarga o‘z qarashlari va e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish imkoniyati ta’minlanadi. Bu, xu- susan, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining shakllanishi va faoliyat olib borishi, siyosiy plyuralizm, so‘z va matbuot erkinligi hamda shu kabi- larda o‘z ifodasini topadi. Huquqiy davlat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o‘zaro mas’ulligi xosdir. Davlat har bir insonga tug‘ilishidan boshlab tegishli ajralmas huquq va erkinliklarni nafaqat tan oladi, balki ularni hayotga real tatbiq etish va tajovuzlardan himoyalashni ham kafolatlaydi. O‘z navba- tida, fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, boshqa fuqarolar, ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmagan holda foydalanish- lari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni qat’iy bajarishlari lozim 1 . Huquqiy davlat mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. Uning barcha tarkibiy qismlari va elementlari hokimiyatning bo‘linishi prinsipi asosida, o‘z ijtimoiy vazifalariga muvofiq ravishda ish olib boradi. Huquqiy davlatning hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan organlari o‘z faoli- yatida jamiyat xohish-irodasini ro‘yobga chiqaradi. Huquqiy davlatning tarkibiy qismlari va elementlari o‘z faoliyatini amaldagi qonunlarga muvofiq tashkil etadi va amalga oshiradi. Mansabdor shaxslar fuqarolarning konstitutsiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilganlik uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari huquqiy davlat organlari tomonidan ta’minlanadi. Huquqiy davlat funksiyalari uning apparati yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, huquqiy davlat mexanizmining demokratik xususiyati uning o‘zi xizmat qiladigan jamiyat oldida javobgarligi bilan belgilanadi. Huquqiy davlatning rivojlanish bosqichlari fuqarolik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mutanosib bo‘ladi. Huquqiy davlatda davlat hokimiyati mutlaq bo‘lmaydi. Bu nafaqat huquqning ustunligi, davlat hokimiyatining huquq bilan bog‘liqligi, balki davlat hokimiyatining tuzilishi, uni amalga oshirish shakllari bilan ham belgilanadi. Bu yerda hokimiyatning bo‘linishi nazariyasiga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Bu nazariyaga binoan, hokimiyatlar(qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari)ning birikib ketishi, bir organda, bir shaxs qo‘lida jamlanishi shaxs erkinligini yo‘qqa chiqaradi. Shu bois, huquq bilan bog‘liq bo‘lmagan av- toritar mutlaq hokimiyat vujudga kelishining oldini olish uchun hokimiyatning ko‘rsatilgan tarmoqlarga bo‘linishi amalga oshadi. 1 Оdilqоriyev Х.T., Chiniboyev Х.J. Dаvlаt hоkimiyati: mоhiyati, funksiyasi vа zаmоnаviy tаlqini. – T., 2015. – 31–36-bеtlаr. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling