Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet498/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   494   495   496   497   498   499   500   501   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

494
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
mokratiyalashuvi mezonidir. Huquqiy davlatning oddiy davlatdan farqi nimada? 
Oddiy davlat butun hokimiyatni o‘z qo‘lida jamlaganligi, huquq bilan chega-
ralanmaganligi, davlatning jamiyatdan ustunligi, fuqaroning davlat organlari 
va mansabdor shaxslar o‘zboshimchaligidan himoya qilinmaganligi bilan tavsifla-
nadi. Undan farqli o‘laroq, huquqiy davlat huquq bilan bog‘langan bo‘ladi, qo-
nunning ustunligidan kelib chiqadi, jamiyat tomonidan belgilangan mezonlar 
doirasida ish ko‘radi, jamiyatga bo‘ysunadi, fuqarolar oldida mas’ul bo‘ladi, 
fuqarolarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlaydi. Аyni vaqtda, boshqa 
har qanday davlat singari, huquqiy davlat ham umumiy jihatlarga ega bo‘ladi. 
Ular quyidagilardan iborat:
1) ommaviy-siyosiy hokimiyat ichki va tashqi siyosat olib borish vositasi 
sifatida huquqiy davlatga xosdir
2) huquqiy davlat jamiyatning tegishli ijtimoiy-iqtisodiy negiziga asoslan-
gan siyosiy tashkilotidir; 
3) demokratik davlat mexanizmiga ega bo‘ladi; 
4) soliqlar va boshqa yig‘imlar hisobidan ta’minlanadi; 
5) davlat suverenitetini xalq suverenitetiga muvofiq amalga oshiradi. 
Huquqiy davlatning mohiyatini huquqning oliyligi, hukmronligi, qonun-
ning ustunligi tashkil etadi. Qonunning ustunligini ta’kidlaganda shu narsa 
muhimki, har qanday qonunning ustunligini ta’minlash bu hali huquqiy dav-
latchilik vujudga keldi degani emas. Chunki, qonunlar o‘z mazmuniga ko‘ra 
turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, mustabid, totalitar, avtoritar, fashistik dav-
latlarda nohaqlik, zo‘ravonlik va johillikni ifodalovchi qonunlar amal qilishi 
mumkin. Bunday qonunlarning ustunligini ta’minlash huquqiy davlatchilik 
bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Huquqiy davlatda tom ma’noda xalq iroda-
sini ifodalovchi adolatli, demokratik, insonparvar qonunlarning ustuvorligi 
ta’minlanishi nazarda tutiladi. Xuddi shu ma’noda haqqoniy, huquqiy qonun 
haqida gapiriladi.
Huquqiy davlatda hokimiyatning diqqat markazida turadigan asosiy nar-
sa – bu fuqarolarning, shaxsning huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi-
dir. Huquq, qonun erkinlik va adolat me’yori sifatida maydonga chiqadi. Qonun 
yordamida shaxs erkinliklarining ta’minlanishi – huquqiy davlatning muhim 
funksiyasidir.
Huquqiy davlat huquq va qonunning ustunligi, qonun va sud oldida 
barchaning tengligi ta’minlanadigan, fuqarolarning huquq va erkinliklari 
kafolatlangan, davlat hokimiyati vakolatlari demokratik taqsimlash asosida tash-
kil etiladigan adolatli davlat sifatida maydonga chiqadi. Zamonaviy huquqiy 
davlat – avvalo, inson huquq va erkinliklari, hokimiyatni amalga oshirishda 
(bevosita yoki vakillari orqali) xalqning ishtiroki ta’minlanadigan demokra-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   494   495   496   497   498   499   500   501   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling