Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
491
XXIV bob. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat Davlat va fuqarolik jamiyati 3-§. Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bo‘lib, u eng asosiy tarkibiy tuzil- malarni ifodalaydi. Аlbatta, fuqarolik jamiyati o‘zining rang-barangligi, turli- tumanligi bilan tavsiflanadi. Unda turfa ko‘rinishdagi ma’rifiy, madaniy va boshqa mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Davlat – har qanday jamiyatda siyo- siy hokimiyatning eng muhim institutidir. Davlat jamiyatning umumiy ishlarini boshqa- ruvchi alohida organ sifatida faoliyat yuritadi. Davlat – jamiyatning siyosiy tashkilotlari tizimida muhim, ammo yakka-yu yagona bo‘g‘in emas: ushbu tizimga partiyalar va boshqa tashkilotlar ham kiradi. Biroq, jamiyat miqyosida faqat davlat suveren hokimiyatga ega bo‘ladi. Davlat hokimiyatining ustun- ligi muayyan tarzda uning universalligi (davlat hokimiyatining yurisdiksiyasi mamlakatning butun hududi, barcha aholisi va jamoat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi), vakolatlarida (davlat hokimiyati unga da’vo qiluvchi boshqa har qanday g‘ayri konstitutsiyaviy va muvoziy tuzilmalarni bekor qilishi mumkin), shuningdek, boshqa ta’sir ko‘rsatish vositalarining mavjudligida (masalan, qo- nunchilik, odil sudlov) ifodalanadi. Fuqarolik jamiyatining izchil shakllanishi, shaxs va davlat o‘zaro muno- sabatlarining madaniylashuvi jamiyatdagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Siyosiy munosabatlar sohasida davlat haqli ravishda yetakchi o‘rin egallaydi, bunda u fuqarolik jamiyatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni uning faoli- yati jamiyat manfaatlariga taalluqli har qanday umumiy ishlarni bajarishi bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyati odamlarning ijtimoiy va shaxsiy manfaat hamda huquqlarini ifodalash va himoya qilishga safarbar etilgan ixtiyoriy uyushma- lari (jamoat birlashmalari, partiyalar, kasaba uyushmalari, shirkatlar, diniy tashkilotlar va hokazo) timsolida davlat bilan alohida siyosiy munosabatlarga kirishadi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, dav- latning demokratik faoliyati uchun asoslar shuncha ko‘p bo‘ladi. Va aksincha, fuqarolik jamiyati yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, avtoritar va totalitar hokimiyat tuzumlari mavjudligi uchun asoslar ko‘proq bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi aholi qatlamlarining qamrab olinganlik darajasi bilan emas, balki bu jamiyatda tan olinadigan shaxs erkinligining ta’minlanishi holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatida davlat barcha mulkdorlarning huquqiy jihatdan teng himoya qilinishini ta’minlaydi, xususiy mulkni daxlsiz deb e’lon qiladi, ijtimoiy zarurat tufayli mulk olib qo‘yilgan holda unga tovon to‘lanishi kafolatlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling