Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
490
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan olganda, davlatning roli siyosiy partiya- lar va jamoatchilik harakatlarining vujudga kelishi, qaror topishi va rivojlani- shi sekinlashtirib qo‘yadigan har qanday g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishdan iboratdir» 1 . Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfaatlarni qanoatlantirish, ro‘yobga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institutlar shakllanadi. Fuqarolik jamiyatining ichki tizimini quyidagicha tasniflash mumkin. Birinchidan, iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzil- malar: a) xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodav- lat tashkilotlar; b) shirkat xo‘jaliklari va ularning uyushmalari; d) ijara asosida ishlovchi jamoalar; e) hissadorlik jamiyatlari; f) moliyaviy jamg‘arma hamda uyushmalar; g) ishlab chiqarish korporatsiya, konsernlari va birlashmalari; h) tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va hokazo. Ikkinchidan, ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar: a) oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar; b) ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim mua- sasasalari); d) jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar; e) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; f) mustaqil ommaviy axborot vositalari; g) diniy tashkilotlar; h) milliy-madaniy markazlar; i) ko‘ngilli jamiyatlar; j) jamoatchilik fikrini aniqlash va o‘rganish institutlari; k) turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va hokazo. Uchinchidan, siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar: a) huquqiy davlatning mavjudligi; b) siyosiy partiyalar; d) ijtimoiy-siyosiy harakatlar; e) siyosiy muholifatning mavjudligi; f) inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va hokazo. 1 Kаrimоv I.А. O‘zbеkistоn XXI аsr bo‘sаg‘аsidа: хаvfsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfоlаtlаri. – T.: «O‘zbekiston», 1997. – 174-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling