Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet502/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

498
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
emas. Аybsizlik prezumpsiyasi haqiqiy demokratik davlatda fuqarolarning u 
yoki bu jinoyatni sodir etishda aybdorligi yoki aybsizligi bilan bog‘liq barcha 
masalalarni faqat sud hal qilishini anglatadi.
 
Mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘tgan 
chorak asr mobaynida mamlakatimiz ilmiy 
hamjamiyati, shu jumladan, huquqshunos-
lar, asosiy e’tiborni istiqbolda barpo etilishi 
mo‘ljallanayotgan huquqiy davlatni ta’rif va tavsif etishga, uning turli xususi-
yat hamda fazilatlarini ochishga, izohlashga qaratib keldilar. Аyni vaqtda, 
davlatimizning 
ijtimoiy tabiatini, ijtimoiy vazifasi va faoliyatini (funksiyasini) 
tahlil etish olimlar va mutaxassislarning diqqat-markazidan chetda qolayotir. 
Shu bois, 
«huquqiy davlat» kategoriyasi bilan bir qatorda «ijtimoiy davlat» 
fenomeni (hodisasi)ni ilmiy tadqiq va tahlil mavzusiga aylantirish muhim ilmiy, 
amaliy hamda metodologik ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy davlatchilik tushunchasi XIX asr oxiri XX asr boshlarida vu-
judga keldi. Bu davrda neoliberal nazariyotchilar «erkinlik»ning yangi «pozi-
tiv» talqinini ilgari surib, davlatning ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosatni ta’minlash 
majburiyati g‘oyasini ilgari surdilar. Bunga ko‘ra, davlat «ijtimoiy tengsizlik» 
ni bartaraf etishi, ya’ni boylik va qashshoqlik o‘rtasidagi nisbatni muvozanat-
lashi lozim edi. Shu tariqa davlatning «ikkinchi avlod» inson huquqlarini (ya’ni, 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlar) ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatini 
nazarda tutuvchi 
«ijtimoiy davlat» g‘oyasi, ta’limoti paydo bo‘ldi. U XX asrning 
ikkinchi yarmida keng rivoj topdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin bir qator 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining (GFR, Fransiya, Italiya, Rossiya, Turkiya, 
Daniya, Shvetsiya va boshq.). Konstitutsiyalarida «ijtimoiy davlat» («sotsial 
davlat») formulasi o‘z ifodasini topdi.
Keng tarqalgan talqinga binoan, ijtimoiy davlat, eng avvalo, ijtimoiy 
adolat haqida, o‘z fuqarolarining farovonligi, ularning ijtimoiy himoyalanganligi 
xususida g‘amxo‘rlik qiladigan davlatdir. Bunday davlat erkinlikni ta’minlash 
vazifasini aholining ijtimoiy nochor qatlamlari(ishsizlar, mehnat qobiliyatini 
yo‘qotganlar, boquvchisidan ajralganlar, nogironlar va h.k.)ni ijtimoiy himoyalash 
bilan qo‘shib olib boradi.
«Ijtimoiylik»ning asosiy sharti – inson shaxsiga, uning sha’ni, qadr-qimmati, 
erkiga asrab-avaylab munosabatda bo‘lishdan iborat. Davlatning mohiyati uning 
faoliyat yo‘nalishlarida mujassamlashadi. Davlat faoliyatining muayyan qismini ij-
timoiy vazifalarni bajarish tashkil etadi. Аna shunday vazifalar faoliyatining ak-
sariyatini tashkil etgan demokratik davlatlar – ijtimoiy davlat sanalishi mumkin. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling