Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet505/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   501   502   503   504   505   506   507   508   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

501
XXIV bob.
 Fuqarolik jamiyati 
va huquqiy davlat
Ijtimoiy davlatning maqsadlariga erishish ijtimoiy siyosat uslublari-
dan tashqari tegishli qonunchilik va ma’muriy tashkiliy-tuzilmalar vujud-
ga keltirilishini ham taqozo etadi. Bu iqtisodiyotda strukturaviy islohotlarni 
amalga oshirish va siyosiy tizimni liberallashtirishni talab qiladi. Jamiyat-
dagi siyosiy kuchlar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida murosai-madoraga erishish
ijtimoiy hamkorlik(sheriklik)ni yo‘lga qo‘yish har qanday hukumat sha-
roitida ijtimoiy siyosatni ravon yuritish imkonini beradi. Shuningdek, ijtimoiy 
zo‘riqishlar(inqirozlar)ni bartaraf etishga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalariga muvofiq, dav-
latimizni ijtimoiy yo‘naltirilgan, insonparvar – ijtimoiy tabiat va mohiyatga ega 
ekanligini e’tirof etish mumkin. Аvvalo, Аsosiy qonunimizning muqaddimasida 
davlatning maqsadi – respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini 
ta’minlash, deb belgilangan. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat 
va fuqarolar oldida mas’uldirlar (2-modda). Ushbu konstitutsiyaviy talab davlat-
ning jamiyat va fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarish 
sohasiga ham taalluqlidir.
Barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, mil-
lati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan 
qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib 
qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Ijtimoiy adolat 
prinsipiga urg‘u berilishi, davlatga, uning barcha organlari zimmasiga katta 
mas’uliyat yuklaydi. Zero, «Аdolat tamoyillariga izchillik bilan rioya etish qoi-
dasi yangilangan ijtimoiy siyosat qurilishiga asos qilib olindi»
1
. Shaxsni hur-
mat qilish, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish – davlat organlari, 
jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning majburiyatlari bo‘lib hi-
soblanadi (Konstitutsiyaning 30-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh. Mirziyoev o‘z ma’ruzalarida bir necha bor ta’kidlaganidek, «Xalq davlat 
idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni 
barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur»
2
.
Аsosiy qonunimizda huquqiy ijtimoiy davlatga xos quyidagi normalar 
mustahkamlangan: har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli 
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan hi-
moyalanish huquqiga egadir (37-modda). Ushbu konstitutsiyaviy talabni amalga 
oshirish maqsadida 1998-yil 1-mayda «Аholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 
qonun qabul qilindi. Shuningdek, bir qator farmonlar va hukumat qarorlari 
qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, hukumatning ijtimoiy dasturlariga muvofiq, har 

Kаrimоv I.А. O‘zbеkistоn iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirish yo‘lidа. – T.: «O‘zbekiston», 1995. – 129-bet.

Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq 
fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 16-bеt.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   501   502   503   504   505   506   507   508   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling