Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
504
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi yana uzoq gapirish mumkin... Аna shu maqsadlar uchun barcha mablag‘lar hiso- bidan 7 trln. 480 mlrd. so‘m va 190 million dollardan ziyod mablag‘ sarflandi» 1 . Mazkur choralar inson manfaatlari himoyasiga yo‘naltirilgan, chuqur o‘ylab, mulohaza qilingan ijtimoiy siyosatning natijasidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, jamiyat miqyosida daromadlarni budjet vosita- sida muvozanatlashdek muhim ijtimoiy funksiyani bajaradi. O‘zbekiston davlati bu funksiyaga alohida e’tibor qaratishiga quyidagi satrlar misol bo‘ladi. «Аholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu boradagi ko‘rsatkich 10,6 foiz- dan 52 foizga o‘sdi (MDHdagi eng yuqori ko‘rsatkich)... eng ko‘p va eng kam daromad oladigan aholi o‘rtasidagi farq 2000-yildagi 53,3 baravardan bugungi kunda 7,8 baravarga tushdi. Bu o‘rinda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning me- zoni hisoblangan bu ko‘rsatkich xalqaro me’yorlarga ko‘ra, 10 baravar qilib belgilanganini aytib o‘tish lozim» 2 . O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. Yurtimizda katta yoshdagi avlodga, keksalarga hurmat ko‘rsatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgandir. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2015-yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinganligi alohida e’tiborga molikdir. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-oktabrda o‘tkazilgan majlisida ta’kidlanganidek, «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi doirasida keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchay- tirish tadbirlarini amalga oshirish davom ettirilmoqda, ushbu tadbirlarni moliyalashtirishga barcha manbalardan 2,0 trillion so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi 3 . Bu yo‘nalishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda qabul qilingan «O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarorining 4 ijrosini izchil ta’minlash ham o‘z ijobiy samarasini bermoqda. Аsosiy qonunimizning 63-moddasiga ko‘ra, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Keyingi moddada mustahkamlanganidek, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onala- rining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 1 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 14-bеt. 2 Mаmlаkаtimizni dеmоkrаtik yangilаsh vа mоdеrnizatsiya qilishning ustuvоr yo‘nаlishlаri (O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti I.А. Kаrimоvning nutq vа mа’ruzаlаri). – T.: «O‘zbekiston», 2015. – 46-bet. 3 Хаlq so‘zi, 2015-yil 20-оktabr. 4 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to‘plаmi. 2002-yil, 5–6-sоn, 46-mоddа. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling