Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet511/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   507   508   509   510   511   512   513   514   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

507
XXIV bob.
 Fuqarolik jamiyati 
va huquqiy davlat
1. Huquqiy davlatda hokimiyatning butun mexanizmi – har bir organ
mansabdor shaxs o‘z faoliyati davomida huquqiy prinsiplar va qoidalarga 
tayanadi, o‘z faoliyatini ular bilan bog‘laydi. Huquqiy normalar nafaqat aholi, 
balki davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun ham majburiydir. Ularning 
huquq doirasidan chiqishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi yoki bunga imkon beril-
maydi. Аgar etatik davlatda rasmiy organlar va mansabdor shaxslar huquqni 
o‘zlari uchun ikkinchi darajali va majburiy emas deb tushunsalar, aksincha 
huquqiy davlat sharoitida bunday holat umuman nomaqbul va nojoiz hisobla-
nadi va shu sababdan u sekin-asta yengib o‘tiladi.
2. Huquqiy davlatda etatik davlat uchun xos bo‘lgan huquq va qonun 
o‘rtasidagi masofaning uzayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Undagi davlat organ-
larining barcha normativ hujjatlari o‘zining mazmun-mohiyati va yo‘nalishi, qa-
bul qilish va rasmiylashtirish tartibi, qonuniy kuchga kiritish, qo‘llash, amalga 
oshirish va buzilishlardan muhofaza qilish xususiyatlariga ko‘ra huquqning 
yuqori talablariga javob beradi. Qonunchilik muntazam ravishda huquqiy prin-
siplarga asoslanadi, ularni o‘ziga singdiradi, ulardan aslo chekinmaydi. Davlat 
organlarining huquqiy bo‘lmagan normativ hujjatlarni qabul qilish va amalga 
kiritishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi, aksincha, etatik davlatlarda ko‘pincha 
buning shohidi bo‘lish mumkin.
3. Huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e’tirof etish bilan 
cheklanib qolmaydi. U mazkur qonunlar zaruriy ravishda hayotga tatbiq etili-
shi, barcha jismoniy va yuridik shaxslar, davlat va jamoat organlari, korxona, 
muassasa va tashkilotlar faoliyatini kerakli yo‘nalishga solishga katta ahamiyat 
beradi. Davlatning huquqni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati ustuvor vazifa hi-
soblanadi, shu bois, unda «qog‘ozda qolgan», amal qilmaydigan qonunlar umu-
man yo‘q, aksincha etatik davlatda keraksiz qonunlarning «uyumlari»ni hech 
kim tozalashga urinmaydi ham. Huquqiy davlatda ijtimoiy munosabatlarning 
har bir subyekti davlat organlarining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarini al-
batta bajarish kerakligiga astoydil ishonadi (boshqacha bo‘lishi mumkin emas), 
zero bu huquqiy tartibotning barqarorligi muhitini yaratadi va jamiyatda yuri-
dik nigilizm tarqalishining oldini oladi hamda odamlarning huquqqa mensimay 
munosabatda bo‘lishini bartaraf etadi.
4. Huquqiy davlatda davlat normativ hujjatlarining amal qilishida subordi-
natsiyaga rioya qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Unda huquq manbalari, ya’ni 
normativ hujjatlarning qat’iy bo‘ysundirilgan tizimi shakllanadi, amal qiladi va 
rivojlanadi. Bu tizimda har bir aktning o‘rni uning yuridik kuchiga bog‘liq 
bo‘ladi. Mazkur tizim, ifodali qilib aytganda, huquqiy manbalar «ehromi»ning 
cho‘qqisi – yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan konstitutsiya hisoblanadi. Hech 
qanday huquqiy manba konstitutsiya normalari va prinsiplariga to‘g‘ridan to‘g‘ri 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   507   508   509   510   511   512   513   514   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling