Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
508
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi yoki bilvosita zid bo‘lishi mumkin emas. Аksincha, davlat organlarining barcha normativ hujjatlari va huquqning boshqa manbalari konstitutsiyaga asoslani- shi, uni aniqlashtirishi, to‘ldirishi va mazmunini rivojlantirishi lozim. Shunga muvofiq ravishda konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar tuziladi, yuridik pillapoya (piramida)ning quyi «qavatlari» davlat rahbarining hujjatlari, hukumat farmon- lari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari va ko‘rsatmalari, mahalliy vakolatli va ijro etuvchi organlar hujjatlari, huquqiy odatlar, sud va ma’muriy presedentlar 1 yaratiladi. Kamroq yuridik kuchga ega bo‘lgan huj- jatlarga yuqoriroq yuridik hujjatlarga nisbatan ustuvor ahamiyat berilishi to- talitar va avtoritar davlatlarga xos bo‘lib, huquqiy manbalar subordinatsiyasi va iyerarxiyasini buzadi va shu bois huquqiy davlat uchun zid hisoblanadi. 5. Shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomi birinchidan, huquqiy davlatda huquq va erkinliklarning keng miqyosda qamrab olingan- ligi, normal hayot faoliyati ta’minlanganligi hamda oldinda turgan vazifalarni hal etish uchun yetarliligi bilan ajralib turadi. Ikkinchidan, huquqlar bilan uyg‘unlikda majburiyatlarning mutanosib va muvofiq tizimini o‘z ichiga oladi. Uchinchidan, huquqni albatta hayotga tatbiq etish real yuridik kafolatlar bilan mustahkamlangan. Bunda ijtimoiy munosabatlarning bir turdagi subyektlari orasida tenglikni ta’minlash, sinfiy, milliy, urug‘-aymoqchilik imtiyozlarini bel- gilash va bu orqali ulardan biriga imtiyoz berib, ikkinchisini imtiyozlardan mahrum etishga yo‘l qo‘ymaslikka intilish mavjuddir. Subyektlar orasida maz- kur tenglikning yo‘qligi etatik jamiyatning huquqiy amaliyoti uchun xosdir. Bir vaqtning o‘zida huquqiy davlat shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomini qo‘llab-quvvatlash, normativ mustahkamlash va takomillashtirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, o‘zidagi yashirin imkoniyatlarni huquq subyektlari oldida namoyon qilishga intiladi. 6. Barcha davlat va ijtimoiy institutlar hamda tuzilmalarning legitimligi – huquqiy davlatning alohida belgilaridan biridir. Bu yerda yetarli yuridik asosga ega bo‘lmagan institutlar va tuzilmalarni kam uchratish mumkin. Basharti, ular mavjud bo‘lsa ham, uzoq muddatga yashash va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish istiqbollariga ega bo‘lmaydilar, pirovardida yengib bo‘lmas qiyin- chiliklarga uchrab, tezda sahnadan tushib ketadilar. Davlat intstitutlari va tuzilmalarining ko‘pchiligi qonun asosida, belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilgan holda, ularning maqsadi, vazifasi, amal qilish shakl va usullari rasmiy belgilangan holda yaratiladi. Xususan, bu qonuniylashtirishni ro‘yxatga olish, ijozat berish va litsenziya berish usullari, shuningdek, tegishli davlat organ- 1 Prеtsеdеnt huquqi huquqning аnglо-sаksоn tizimi аmаl qilаdigаn mаmlаkаtlаrdа kеng qo‘llаnilаdi vа аmаl qilаdi (bulаr: АQSh, Buyuk Britаniya, Kаnаdа v.b.). Endilikdа bоshqа qаtоr mаmlаkаtlаrdа qo‘llаnilа bоshlаdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling