Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet513/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   509   510   511   512   513   514   515   516   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

509
XXIV bob.
 Fuqarolik jamiyati 
va huquqiy davlat
lari tomonidan nazorat-taftish vakolatlarining qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. 
Huquqiy davlatdagi muhitning o‘zi yuridik munosabatda shubhali institut va 
tuzilmalarning qisqarishi uchun kurashadi va aksincha, qonuniyligi tasdiqlana-
digan institutlar uchun esa keng imkoniyatlar yaratib beradi.
7. Huquqiy davlatda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi e’tirof etiladi va amal-
ga oshiriladi. Shunga muvofiq yagona davlat hokimiyati doirasida uning uchta 
mustaqil tarmoqqa bo‘linishi ta’minlanadi. Bular yuqorida ta’kidlanganidek, 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bo‘lib, ular o‘zaro uzviy 
munosabatda bo‘ladilar. Ko‘rib chiqilayotgan prinsipning ahamiyati shundaki, 
u hokimiyatning faqat bitta organ yoki mansabdor shaxs qo‘lida jamlanishining 
oldini oladi, natijada ichki davlat apparatida hokimiyat vakolatlarining teng 
taqsimlanishini ta’minlaydi.
8. Huquqiy davlatda ichki qonunlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro 
huquq normalari o‘rtasida oqilona muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha chora-
tadbirlar amalga oshiriladi. Bu muvofiqlik hozirgi zamon huquqiy sivilizatsi-
yasi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur yutuqlar u yoki bu dara-
jada huquqiy davlatlarga ham tegishli bo‘lib, ularda odatda, ichki qonunlar 
oldida xalqaro shartnomalar(faqat ratifikatsiya qilinganlari)ning ustuvorligi 
belgilanadi va bu shartnomalarning bevosita qo‘llanilishi nazarda tutiladi. 
Shu bilan birga, mazkur mamlakatlar yuridik tizimlarining tashqi dunyodan 
alohidaligi va cheklanganligi bartaraf etiladi, ya’ni ular jahon hamjamiyatining 
huquqiy tizimiga integratsiyalashadilar va ko‘pgina asosiy prinsip hamda nor-
malariga rioya etib, ularni o‘z normativ-huquqiy hujjatlari darajasida mustah-
kamlaydilar.
9. Huquqiy tartibot buzilgan hollarda (ayniqsa fuqarolar huquq va erkin-
liklarining buzilishi) huquqiy ta’sir qilish va huquqiy himoya mexanizmi amal 
qiladi, unda sud birinchi darajali rol o‘ynaydi. Mazkur mexanizm boshlangan 
jinoyatning oldini olish, buzilgan huquqni tiklash, yetkazilgan zararning qop-
lanishini ta’minlash, aybdorlarni jazolash, yangi huquqbuzarliklarning oldini 
olish, fuqarolar va ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga davlatning 
barcha huquqiy talablari to‘liq ravishda bajarilishi lozimligi haqida uqtirish 
vazifalarini hal qiladi. Аgar huquqiy tartibot, fuqarolar huquq va erkinliklari-
ning har qanday buzilishi tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning 
e’tiboridan chetda qolmasa, tartibbuzarlar har gal munosib jazo olsa, bunday 
yondashuvning o‘zi qonunni buzishning samarali umumiy preventiv, ya’ni oldi-
ni oluvchi omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida, bu davlatda qonuniylikka 
rioya etish sharoitiga ta’sir etadi. Huquqiy davlatning yurisdiksiya, huquqiy 
tartibotni muhofaza qilish va oldini olish faoliyatida huquqiy talablarga qat’iy 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   509   510   511   512   513   514   515   516   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling