Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet509/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   505   506   507   508   509   510   511   512   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

505
XXIV bob.
 Fuqarolik jamiyati 
va huquqiy davlat
Mamlakatimizda ijtimoiy sohaga oid qonunchilik ham izchil rivojlanib 
bormoqda. Bu yo‘nalishda yuqoridagi konstitutsiyaviy qoidalar realizatsiyasiga 
oid ba’zi normativ hujjatlarni keltiramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi-
ning «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni (1991-yil 18-no-
yabr), «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida» gi qonun (2008-yil 8-yanvar), 
«Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning profilak-
tikasi to‘g‘risida»gi qonun (2010-yil 29-sentabr), «Fuqarolarning davlat pen-
siya ta’minoti to‘g‘risida» gi qonun (1993-yil 3-sentabr), «Vasiylik va homiy-
lik to‘g‘risida»gi qonun (2014-yil 2-yanvar), «Bolali oilalarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni 
(1996-yil 10-dekabr), Vazirlar Mahkamasining «O‘zgalar parvarishiga muhtoj 
keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kuchayti-
rish to‘g‘risida»gi qarori (2002-yil 29-mart)
1
, «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim 
muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va 
ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy ta’minlash normalarini tas-
diqlash to‘g‘risida»gi qarori (2007-yil 29-noyabr)
2
.
Yuqoridagi yo‘qlama tarzidagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiya salmoqli ijtimoiy va insonparvar mazmundagi mod-
dalarni o‘z mazmuniga jo etgan. Konstitutsiyamiz o‘rnatgan prinsip va norma-
lar davlatimizning mohiyatini, siyosiy-ijtimoiy tabiatini ham belgilab beradi. U 
amal qilayotgan yillar mobaynida davlatimizning ijtimoiy yo‘naltirilganlik funk-
siyalari, insonparvar tabiati ham tobora yaqqolroq namoyon bo‘lib bormoqda. 
Konstitutsiya va uning negizida yaratilgan ijtimoiy qonunchilik tizimi hamda 
ushbu qonunchilik bazasini hayotga joriy etish bilan bog‘liq davlat funksiyalari 
yo‘nalishlarini tahlil qilish asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, davlatimiz 
o‘z faoliyati mazmuniga ko‘ra, demokratik huquqiy ijtimoiy davlat martabasiga 
tobora ko‘proq ega bo‘lib bormoqda.
 
Endilikda jahonda huquqiy davlatlar-
ning soni etatik davlatlar sonining kamayi-
shi hisobiga o‘sadi deb e’tirof etish mumkin. 
Biroq bu taraqqiyotning umumiy yo‘nalishi 
bo‘lib, uni oddiy so‘z bilan izohlab bo‘lmaydi. 
Zero, turli mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy kuchlarning real nisbatidan kelib 
chiqqan holda bashorat qilinishi qiyin bo‘lgan hamda taraqqiyotning umumiy 
yo‘nalishiga mos kelmaydigan burilishlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, 

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to‘plаmi. 2002-yil, 5–6-sоn, 46-mоddа.

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to‘plаmi. 2007-yil, 48–49-sоn, 485-mоddа.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   505   506   507   508   509   510   511   512   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling