Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
XXV bob. DАVLАT VА HUQUQ NАZАRIYASINING DOLZАRB
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odilqoriyev X.T.
XXV bob. DАVLАT VА HUQUQ NАZАRIYASINING DOLZАRB
MUАMMOLАRI VА MILLIY HUQUQSHUNOSLIKNING USTUVOR VАZIFАLАRI Davlat va huquq nazariyasining zamonaviy holati tahlili 1-§. 33–18-8 514 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi doirasiga, shuningdek, davlat hokimiyatini oqilona tashkil etish, demokratiyani rivojlantirish, inson huquqlarini ta’minlash, huquqiy tizimni liberallashtirish, qonunchilik va yuridik amaliyotni takomillashtirish, huquqiy madaniyat va tar- biyani yuksaltirish kabi muammolarini tadqiq etish kiradi. Huquqshunoslik predmeti hajmdor, anchagina murakkab va serqirra. Uning mazmunini yuridik bilimlar (huquqiy xususiyatga ega masalalar majmui talqini) yuridik voqeliklar mushohadasi nuqtayi nazaridan quyidagi uch elementdan iborat tarzda tavsiflash mumkin: – davlat va huquqning qonuniyatlari; – davlat hokimiyati hamda huquq tizimini tashkil etuvchi tarmoqlarning normativ-yuridik mazmuni; – yurisprudensiyaning texnologiyalari, ya’ni: yuridik texnika, huquq yaratish, uni qo‘llash, sharhlash, muhofaza qilish amaliyotidagi vosita va usul- lar. Huquqshunoslik nafaqat nazariy bilimlar tizimi, balki davlat- huquqiy amaliyotni tahlil etuvchi fan sifatida salmoqli amaliy salohiyatga hamda ha- yotiy ahamiyatga ega. Yuridik amaliyotda faoliyat yurituvchi xodimlar (sudya, prokuror, tergovchi, yuristkonsultant) yuksak huquqiy tafakkur qobiliyatiga va tegishli bilimga (qonunchilikni mukammal bilish), yuqori huquqiy madani- yatga, yuridik texnikani qo‘llash ko‘nikmalariga hamda amaliy tajribaga ega bo‘lishi lozim. Аmaliyotchi yuristlar har qanday masalani hal etishda yuri- dik qadriyatlardan, adolat tamoyillari va huquq prinsiplaridan kelib chiqishi; huquqiy tartibga solishning sinalgan mexanizmlaridan foydalana olishi; real fakt (muammoli vaziyat)larni yuridik tushuncha va nazariy konstruksiyalar orqali talqin eta olishi lozim. So‘nggi yillarda huquqshunoslikning holatiga oid o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, fanning ildam rivojlanishiga halal berayotgan omillar va muayyan kamchiliklar mavjud. Bular qatorida quyidagilarni e’tirof etish mumkin: 1. Huquqshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning gnoseologik va metodologik asoslari bo‘sh, dissertatsiyalarning ilmiy apparati hamda tahlil saviyasi ancha sayoz. 2. Tadqiqotlarda ilmiy bahs va munozara deyarli yo‘q, borlari ham nis- batan yuzaki. Ko‘pincha muallifning mustaqil pozitsiyasi, nuqtayi nazari aniq ko‘rinmaydi. 3. Ilmiy izlanish va ishlanmalarimiz mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardan, modernizatsiyalash jarayonlaridan ortda qolmoqda. Ba’zi kvaziilmiy taklif va tavsiyalarimiz amaliyot uchun ahamiyatsiz yoki kam ahamiyatli bo‘lib qolmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling