Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
515
XXV bob. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasining dolzаrb muаmmolаri vа milliy huquqshunoslikning ustuvor vаzifаlаri 4. Dissertatsiya tadqiqotlari bilan yuridik (ijtimoiy) amaliyot o‘rtasida muayyan uzilish mavjud, ya’ni ilmiy ishlarning empirik bazasi bo‘sh, ularning aksariyati sotsiologik tadqiqotlarga asoslanmaydi. Ilmiy tavsiyalarning amali- yotga joriy etilish mexanizmlari takomillashmagan. 5. Yuridik ta’lim jarayonini huquqshunoslik ilmining so‘nggi yutuqlariga asoslanib, davlat ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlangan maxsus adabiyot- lar bilan ta’minlash borasida ham jiddiy oqsash mavjud. Davlatchiligimiz va huquqiy tizimimizda jo‘shqin islohotlar amalga oshayotgan, jamiyatimiz demokratik tarzda yangilanayotgan hozirgi pallada ro‘y berayotgan barcha voqea va jarayonlarni huquqiy mushohada etish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ehtiyojini aniqlash va ularni yuridik tilda ifodalash o‘zbek huquqshunoslik fanining muhim vazifasidir. Huquqshunoslik fanining bugungi kundagi asosiy vazifasi, avvalo, O‘zbekistonda qaror topayotgan yangi demokratik davlatchilikning mohiyatini, uning kelgusida huquqiy davlatga aylanishi qonuniyatlarini, mazkur maqsad yo‘lidagi islohotlar mazmuni va asosiy yo‘nalishlarini chuqur ilmiy tahlil hamda talqin etishdan iborat. Shu bilan birga, milliy huquqiy ta’limotni shakllantirish, ijtimoiy munosabatlarning qonuniyatlarini va huquqiy voqeliklarni o‘rganish, ularga ilmiy baho berishda yangi jamiyatning xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish va amaliyot uchun mukammal asoslangan nazariy xulosalar, takliflar berish hisoblanadi. Bu esa, yuridik fan sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va tashkil qilishda jiddiy o‘zgarishlar yasashni, yangi shakl va usullarini o‘zlashtirishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «fanning vazifasi – kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo‘nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qan- day bo‘lishini ko‘rsatib berishdan iborat». Mazkur o‘rinda davlat va huquq nazariyasining dolzarb muammolari tahli- liga, shuningdek konstitutsiyaviy huquq va davlat qurilishining ba’zi e’tiborli masalalariga to‘xtalamiz. E’tirof etish joizki, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslikning (yurisprudensiyaning) ilmiy-nazariy poydevorini, fundamental yo‘nalishi si- fatida uning metodologik asosini tashkil etadi. Mazkur fan ijtimoiy-huquqiy hayot ilgari surayotgan qator yangi hodisalar, yuridik kategoriyalarning ilmiy ta’riflarini yaratadi, xossa-xususiyatlarini ochadi, funksional tedensiyalari va harakatlanish mexanizmlarini izohlaydi. Bugungi kunda davlat va huquq nazariyasi zamonaviy demokratik qadriyatlar, inson huquqlari va qonun ustuvorligi tamoyillari, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati hodisalari, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi kabi umum- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling