Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet515/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy davlat va 
uning belgilari
7-§.


511
XXIV bob.
 Fuqarolik jamiyati 
va huquqiy davlat
demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantirilgan bo‘lishi; hokimiyat samara-
li faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlash; u ham 
mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lishi lozim.
Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi. Davlat hokimiyati bir qo‘lda 
to‘planib qolmasligi uchun, hokimiyatning uchta tarmog‘ini – qonun chiqaruvchi, 
ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqla-
rining har biri o‘z vakolati doirasida amal qiladi.
Sudning mustaqilligi. Sud, davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog‘i 
kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samarali ishlashi. Аgar inson 
huquq va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo‘lsa, huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar unga yordam berishlari lozim. Ular bu huquq va 
erkinliklarni himoya qilishlari kerak.
Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madani-
yatning eng muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy 
ong – huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash da-
rajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig‘indisi. Huquqiy madaniyat amal-
dagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish, huquqiy qoidalarga rioya etishda 
namoyon bo‘ladi.
Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va 
erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlan-
gan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma’lum bir muxolifat bo‘lishi zarur.
Yuqorida keltirilgan belgilarning birgalikda amal qilishi jamiyat va dav-
latda huquqning hukmronligi, umume’tirof etilganligi va ustunligiga olib kela-
di. Bu ijobiy natija hisoblanadi. Zero, huquq – insoniyat taraqqiyotining buyuk 
ne’mati, huquqiy tartibga solish, boshqarish va ta’sir etish borasida to‘plangan 
ijtimoiy tajribaning asosiy mohiyati, umuminsoniy qadriyatlar va adolat, de-
mokratiya va tartib-intizom kabi yuksak g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Huquqning jamiyat hayotidagi ulkan ahamiyati va vazifasini anglab yetgan 
davlatni huquqiy davlatlar qatoriga qo‘shish mumkin.
Demak, huquqiy qadriyatlarning ustunligi, ularning ham aholi, ham dav-
lat xizmatchilari orasidagi nufuziga e’tibor beradigan, o‘z faoliyati davomida 
huquq bilan bog‘liq bo‘lgan hamda qonun talablari doirasida amal qilgan holda 
inson huquq va erkinliklarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan davlat chinakam 
huquqiy davlat hisoblanadi.
Huquqiy davlat – bizning kelajagimiz, biroq unga erishish murakkab 
vazifa bo‘lib, rivojlanishning bir qator bosqichlarini qamrab oladi hamda dav-
lat organlari, mansabdor shaxslar, jamoatchilik va fuqarolardan jiddiy faol-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling