520
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
lar metodologiyasini yaratishning eng istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Voqea
va hodisalarni tizimli o‘rganish ilmiy haqiqatga erishish yo‘lini osonlashtiradi.
Davlat-huquqiy munosabatlar va barcha huquqiy
voqeliklarni sistemali
o‘rganish ularni yaxlit tizim sifatida tasavvur etish imkoniyatini beradi. Davlat
va huquqni siyosiy tizim yoki huquqiy tizimning tarkibiy qismi, shuningdek,
huquqiy tartibga solish mexanizmi (tizimi)ning tarkibiy bo‘g‘ini sifatida tahlil
etish ularning
ilgari anglab yetilmagan yangi, boy va serjilo qirralarini
ochishga ko‘maklashadi. Masalan, davlat siyosiy tizimning bir elementi bo‘lib,
bu tizimning boshqa elementlari
bilan institutsional, iyerarxik,
funksional va
boshqa o‘zaro ta’sir hamda aloqadorlik munosabatlarida bo‘ladi. Аyni vaqtda,
davlatning o‘zi
ham turli organlar, muassasa va tashkilotlarning majmui
sifatidagi yagona bir butun tizim (sistema) sifatida
yagona va yaxlit holda
harakatlanadi. Ushbu yondashuv huquqqa ham to‘la taalluqlidir. Tizimli tahlil
vositasida davlat va huquq hodisalarini
statik hamda
dinamik holatlarda keng
tavsiflash mumkin bo‘ladi.
5. Davlat va huquq nazariyasining metodologik muammolari qatorida
davlat
va huquq voqeliklarini
modellashtirish hamda zaruriyat tug‘ilganda
siyosiy va
Do'stlaringiz bilan baham: