Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


(normasi)ning strukturasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet531/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   524   525   526   527   528   529   530   531   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

(normasi)ning strukturasi o‘rtasidagi nisbatni tahlil etish ham davlat va 
huquq nazariyasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Nazariy jihat-
dan huquq normasi uch elementdan: gepotiza, dispozitsiya va sanksiyadan 
iborat deb e’tirof etiladi. Qonunning normasida esa, bu uch element hamma 
vaqt ham jamuljam holda uchrayvermaydi. Masalan, Konstitutsiyaning deyarli 
barcha normalari prinsip yoki dispozitiv norma bo‘lib, ularning aksariyatida 
gepotiza uchramaydi, konstitutsiyaviy moddalarda aniq sanksiya ham nazarda 
tutilmagan. Shu bois, huquq normasi bilan qonun normasi o‘rtasidagi dialektik 
nisbatni ilmiy tadqiq etish katta qiziqish uyg‘otadi.
Ta’kidlash joizki, davlat va huquq nazariyasining metodologik, falsafiy 
talqin etilishiga e’tibor qaratish mazkur voqeliklarning yangi qirralarini, hali 
ilmiy tahlil obyektiga aylanmagan jihatlarini ochish va ular xususida mukam-
mal ilg‘or bilimlar hosil qilish, ular bilan tafakkurimizni yanada boyitish im-
koniyatini beradi.
Yuqorida davlat va huquq nazariyasining ba’zi dolzarb muammolariga 
e’tibor qaratildi, xolos. Аmmo, bu bilan fanda mavjud barcha ilmiy va amaliy 


527
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
muammolar qamrab olingani yo‘q. Fanimizning tahlil mavzusi va muammolari 
nihoyatda keng. Bu esa, fan fidoyilaridan katta safarbarlikni, tuganmas kuch-
g‘ayrat va tashabbusni talab etadi.
Shunday qilib, hozirgi sharoitda jamiyatda ro‘y berayotgan tub islohiy 
o‘zgarishlar tufayli huquqshunoslik fanimiz oldida yangi ufqlar ochilmoqda. 
Ilmiy muammolarning hal etilishi esa, o‘z navbatida, ijtimoiy hayot sohasida 
jo‘shqin rivojlanish imkoniyatlari kengayishiga olib keladi. Yuridik amaliyot 
bilan huquqshunoslik fanining uzviy aloqadorlik diallektikasi ana shunday. 
Demak, olimlarimiz oldidagi asosiy vazifa: huquqshunoslik fanining ijtimoiy 
nufuzi yuksak bo‘lishiga, uning jamiyat taraqqiyoti va mamlakatimiz ravnaqi-
ga samarali xizmat qilishiga erishishdan iborat. Huquqshunoslik fani ijtimoiy 
hayot qonuniyatlarini aniq anglashga asoslangan va istiqbolga yo‘naltirilgan 
xulosa hamda tavsiyalarni shakllantirib bera olsagina o‘zining yuksak ijtimoiy 
vazifasini ado etgan hisoblanadi.


O‘zbek tilida
Muharrirlar: 
A. Omonov,
G. Ortiqxo‘jayeva
Texnik muharrir: 
A. Ahmedov
Sahifalovchi: 
Sh. Rasulov

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   524   525   526   527   528   529   530   531   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling