Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet530/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   524   525   526   527   528   529   530   531   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

526
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
5. 
Huquqiy prezumpsiyalar fanimiz diqqat-e’tiboridan chetda qolayotgan 
muhim mavzulardan biridir. Masalan, aybsizlik prezumpsiyasi mavzusi nisbatan 
tadqiq etilgan bo‘lsa, fuqarolarning huquqni bilish prezumpsiyasi va normativ-
huquqiy hujjatning konstitutsiyaviyligi prezumpsiyasi (shuningdek, qonunlarga 
mosligi prezumpsiyasi), shartnomaga ixtiyoriy amal qilish yoki majburiyatni 
ixtiyoriy bajarish prezumpsiyasi kabi masalalar hali yetarli o‘rganilmagan. Pre-
zumpsiya huquqni qo‘llash jarayonida yuridik ahamiyatli holat(hodisa)larning 
mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ehtimolini anglatadi.
6. Huquqiy hayotda, yuridik amaliyotda uchrayotgan 
yuridik ziddiyatlar, 
o‘z huquqiy yechimini topmay qolayotgan muammolar hamda kamchilik (qa-
rama-qarshilik)larning ko‘lami davlat va huquq nazariyasi tomonidan 
«yuri-
dik kolliziya» va «yuridik konflikt» kategoriyalari ma’no-mazmunini ilmiy 
tahlil etish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Yuridik ixtiloflar (kolliziyalar) 
o‘xshash (analogik) munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy huj-
jatlar o‘rtasidagi nomutanosiblik yoki huquqni qo‘llash jarayonida subyektlarning 
vakolatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik tarzida namoyon bo‘ladi.
7. Huquqni amalga oshirish (huquqning harakatlanishi) yoki 
huquqni 
qo‘llash samaradorligini oshirish ham dolzarb muammo sanaladi. Bu bora-
da 
«huquqiy normaning samaradorligi», «huquqni qo‘llash faoliyatining sa-
maradorligi» tushunchalari ta’rifini oydinlashtirish, samaradorlikni ta’minlash 
omillari, vositalari va usullarini ilmiy tadqiq etish ham muhim ahamiyat kasb 
etadi.
8. 
Huquq normasining strukturasi bilan qonunning moddasi 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   524   525   526   527   528   529   530   531   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling