Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy ijtimoiylashuv
- Huquqiy tartibga solishning yuridik, sotsial va ma’naviy-ruhiy mexanizmlarini
- Qonunni amalga oshirish mexanizmini
xususiy-nazariy
muammolari 4-§. 525 XXV bob. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasining dolzаrb muаmmolаri vа milliy huquqshunoslikning ustuvor vаzifаlаri huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishga yo‘naltirilgan islohotlar shunchalik samarali bo‘ladi. Shu bois, aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish hamda uni muttasil yuksaltirish, yangi huquqiy doktrinani, huquqiy mafkurani ijtimoiy ongga singdirish shakl va usullarini ilmiy-nazariy tadqiq etish fanimizning muhim vazifasi hisoblanadi. Mazkur vazifalarni hal etish orqali aholimizning, har bir shaxsning huquqiy jihatdan ijtimoiylashuviga erishish mumkin. Ma’lumki, jamiyat a’zolarining, har bir shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi masalalarini ilmiy tadqiq etish davlat va huquq nazariyasi oldida turgan yangi dolzarb muammolardan biridir. Huquqiy ijtimoiylashuv – shaxs (fuqaro) ning huquqiy tizim faoliyatiga, huquqiy muhitga, huquqiy munosabatlarga faol jalb etilishi bo‘lib, uning jamiyatda shakllangan huquqiy qadriyatlar va madani- yat me’yorlarini, namunalarini va huquqqa muvofiq xulq-atvor stereotiplarini (andozalarini) o‘zlashtirishi, huquqiy talablar, qoidalar hamda prinsiplarni keng anglashi va ularni o‘z faoliyatida qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishi jarayonidir. 3. Huquqiy tartibga solishning yuridik, sotsial va ma’naviy-ruhiy mexanizmlarini chuqur tatqiq etish alohida dolzarb masaladir. Bu borada, shuningdek, huquqiy tartibga solish yoki huquqni (qonunni) qo‘llash algorit- mini o‘rganish yangi nazariy bilim va amaliy natijalar berishi mumkin. 4. Qonunni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015-yil 23-yanvardagi qo‘shma majlisidagi ma’ruzada shunday ta’kidlandi: «Huquqni qo‘llash va amalga oshirish samaradorligini albatta o‘rganishni va shu asosda parlament palatalari- ning qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil ishlari dasturlariga zudlik bilan tuzatish- lar kiritishni ko‘zda tutadigan me’yoriy huquqiy mexanizmlarni mustahkam- lash – bugungi kunda dolzarb vazifaga aylanishi darkor.» 1 . Chamasi, qonunni amalga oshirishda samaraga erishish uchun «qonun- ning ichki mexanizmi» va «qonunni amalga oshirishning tashqi mexanizmi» uyg‘unligini ta’minlash juda zarur. Qonunning ichki mexanizmi mukammal bo‘lishi uchun undagi norma (modda) va qoidalar matnida huquq subyektlari huquq va majburiyatlarining o‘zaro mutanosibligiga erishish lozim. Uning tashqi mexanizmi esa, qonunning ijrosini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan me’yoriy- huquqiy hujjatlar qabul qilinishi, institutsional-tashkiliy chora va protsessual mexanizmlar yaratilishi talab etiladi. Bunda, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ijti- moiy (jamoatchilik nazorati) va yuridik kafolatlarga, huquqiy madaniyat omil- lariga tayaniladi. 1 Хаlq so‘zi, 2015-yil 24-yanvаr. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling