Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
huquqiy eksperimentlar o‘tkazish ham muhim o‘rin tutadi.
Tabiiyki, qonun chiqaruvchi idora, huquq ijodkorligi subyekti huquqiy norma- lar vositasida ko‘zlanayotgan huquqiy xulq-atvorning modelini yaratadi, jum- ladan, huquqiy munosabatlar huquqiy xulq-atvorning modeli asosida kechadi, deb e’tirof etilishi mumkin. Shuningdek, huquqni qo‘llash jarayonida ham tegishli xulq-atvor va huquqiy tartibga solish mexanizmi modellashtirila- di. Аna shunday huquqiy modellashtirishning ilmiy va sotsiologik jihatlarini tadqiq etish va hayotga joriy etish amaliyotda salmoqli samaralar keltirishi mumkin. Keyingi yillarda huquqiy eksperiment o‘tkazishga e’tibor berilayot- gani tahsinga loyiq 1 . 6. Davlat va huquqning talqiniga funksional yondashuv hanuz o‘zbek huquqshunosligining e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. Аn’anaviy yondashuvga ko‘ra, davlatning ichki funksiyalari ijtimoiy hayotning asosiy sohalariga bog‘liq holda iqtisodiy funksiya, ijtimoiy funksiya, siyosiy funksiya, madaniy- tarbiyaviy funksiya, ekologiya funksiyasi kabilarga ajratiladi. Mustaqillik yil- larida hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi konstitutsiyaviy darajada joriy etil- ganligi munosabati bilan davlatning qonun chiqarish funksiyasi, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish funksiyasi, odil sudlovni amalga oshirish funksiyasi tarzida tasniflash muayyan mantiq kasb etmoqda. Demak, 1 2013-yil 20-mаrtdа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining «Dаvlаt hоkimiyati vа bоshqаruvi оrgаnlаri fаоliyatining оchiqligi to‘g‘risidа»gi O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnuni lоyihаsi sinоvi bo‘yichа huquqiy ekspеrimеnt o‘tkаzish hаqidа»gi fаrmоyishi qаbul qilingаn. 521 XXV bob. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasining dolzаrb muаmmolаri vа milliy huquqshunoslikning ustuvor vаzifаlаri fanimiz oldida davlat funksiyalarini tasniflash mezonlarini yanada chuqurroq tadqiq etish va aniqlash vazifasi turibdi. Guvohi bo‘lganimizdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davlat va huquq funksiyalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini kun tartibiga qo‘ydi. Zero, davlatning bank, kredit, pul tizimi ustidan nazorat funksiyasini amalga oshirishning oqilona me’yorlarini aniqlash zarurati kelib chiqdi. Davlatning bu boradagi funksiyasini xususiy sektor ixtiyoriga o‘tkazishda ham muayyan chegara bo‘lishi lozim ekan. Shuningdek so‘nggi yillarda davlatning ta’lim funksiyasi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi, jamiyatni axborot- lashtirish yoki zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish funksiyasi, transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishni tashkil etish funk- siyasi kabi yangi funksiyalari namoyon bo‘lmoqda. Huquqning funksiyasi ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning asosiy yo‘nalishi (uslubi) sifatida tushuniladi. Unga ko‘ra, huquqning dinamik, statik va qo‘riqlovchi funksiyalari farqlanadi. Аmmo, huquqiy tizimning funk- siyasi, huquqiy siyosatning funksiyasi, huquqiy madaniyatning funksiyasi, huquqiy tartibga solish mexanizmining funksiyasi tarzida tasniflanganda yuqoridagi metodologik mezon o‘zgarib ketishi kuzatilmoqda. Huquqiy tizimning funksional jihatlari tahlil etilganda uning tarkibiy qismlarining ham funksional namoyon bo‘lish xususiyatlariga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Har bir huquqiy hodisa(institut)ning funksional namoyon bo‘lishi keng sotsiologik tadqiqotlar natijalari (ma’lumotlari) bilan asoslantirilishi ularning ilmiyligini ta’minlaydi. 1. So‘nggi yillarda davlat va huquq nazariyasi fanining umumnazariy arse- nali yangi kategoriyalar hisobiga boyimoq- da. Jumladan, «huquqiy makon», «huquqiy muhit», «huquqiy maydon», «huquqiy siyo- sat», «huquqiy strategiya», «yuridik jarayon», «yuridik prognozlash», «yuridik amaliyot» kabi tushunchalar fanimiz tahlil doirasiga kirib, uning ilmiy appara- tini yanada rivojlantirmoqda. 2. Mamlakatimiz Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling