Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy davlat
- Huquqiy davlatning asosiy belgilariga
510
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi rioya etishi zarur. Shu sababdan jamiyat hayotining huquqiy «kayfiyati» etatik davlatdagiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. 10. Huquqiy jamiyat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o‘zaro mas’ulligi xosdir. Davlat har bir odamga tug‘ilishidan boshlab berilgan tabiiy ajralmas huquq va erkinliklarni tan olish bilan birga ularni hayotga real tatbiq etish va tajovuzlardan himoyalashni ham ka- folatlaydi. O‘z navbatida, fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, boshqa fuqarolar, ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmagan holda foydalanishlari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatil- gan majburiyatlarni qat’iy bajarishlari lozim. Boshqacha aytganda, davlat- ning fuqarolar bilan aloqasi murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, ular o‘rtasida muayyan huquqlarning vujudga kelishi hamda muayyan majburiyatlarning bajarilishini taqozo etadi. Huquqiy davlat – huquqning hukm- ronligi, qonunning ustuvorligi, barcha- ning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta’minlanadigan, inson huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vako- latlarining bo‘linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barcha kishilar; ush- bu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuridik shaxs- lar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati organlari – barchasi huquqqa bo‘ysunadilar. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik quchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak. Inson huquq va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish va ta’minlash. Inson huquq va erkinliklari unga tug‘ilganidanoq tegishli bo‘lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, eng avvalo, insonning yashash, erkinlikka, daxlsizlikka, xavfsizlikka ega bo‘lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkin- liklari to‘g‘risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar. Davlat va fuqaroning o‘zaro mas’uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining me’yorini belgilab qo‘yar ekan, xuddi shu chegaralarda o‘zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo‘yadi. Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legitimligi). Hokimiyatni qo- nuniy e’tirof etish uchun quyidagi talablarga javob berilishi shart: hokimiyat Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling