Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet510/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy davlat 
ta’limotining 
tarixiy-nazariy 
manbalari
6-§.


506
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
alohida davlatlar huquqiy davlat marrasiga yetganidan so‘ng, ularda keyinchalik 
totalitar va avtoritar tuzumlar qaror topishi mumkin va hokazo. Biroq, shun-
day bo‘lsa-da, umumiy taraqqiyot muqarrardir.
Darhaqiqat, huquqiy davlatning nazariy manbalari o‘z ildizlari bilan 
o‘tmishga borib taqalganini ta’kidlash joiz. Qadim zamonlarda yashab o‘tgan 
buyuk allomalar (Platon, Аrastu) davlat huquqining ulkan ijobiy ahamiyati-
ni hisobga olmagan holda mustahkam, barqaror va ishonchli bo‘la olmasligi 
haqida fikr bildirganlar. Huquq davlat hukmdorlarining zo‘ravonligiga qarshi 
posangi sifatida baholangan. Ya’ni, qonun hech kimning hukmronligi ostida 
bo‘lmasligi kerak, zero, barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning 
harakatlarini yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Dastlab tarqoq bo‘lgan, ba’zida esa, alohida farazlar sifatida namoyon 
bo‘lgan g‘oyalar zamirida keyinchalik huquqiy davlatning izchil va yaxlit kon-
sepsiyasi vujudga keldi. Uning asoschilari Dj. Lokk, I. Kant, V. Gumbold, 
G. Еllinek, K. Shmidt hisoblanadi. Mazkur allomalarning qarashlarida ayrim 
tafovutlar bo‘lsa-da, umuman olganda, ular bir narsada haqlar, u ham bo‘lsa, 
davlatning o‘zi huquqiy qonun-qoidalarga amal qilishi va buni ijtimoiy mu-
nosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan talab qilishi kerakligidan iborat. 
Huquqiy davlat nazariy konsepsiyasi qoidalarining bir qator davlatlarning 
amaliy faoliyatiga tatbiq etilishi konservativ kuchlarning qarshiligiga uchragan 
va uni yenggan holda davlat va jamoat faoliyatining barcha jabhalarida chuqur 
o‘zgarishlar bilan iz qoldirgan. Chunonchi, butun davlat tizimini barpo etish va 
amal qilish prinsiplari demokratlashtirilgan, shaxs maqomi real mazmun bilan 
to‘ldirilgan, huquqiy qadriyatlar birlamchi ahamiyatga ega bo‘la boshlagan, 
mansabdor shaxslar zo‘ravonligiga barham berilgan, ularning faoliyati asta-
sekin tartibga solingan va yo‘lga qo‘yilgan.
Huquqiy davlatlar «oilasi»ning paydo bo‘lishi va ortib borishi jamiyat-
ning siyosiy taraqqiyotida yuzaga keladigan yangi bosqichni qayd etadi. Dav-
lat-huquqiy nazariyasi va amaliyotining ushbu mislsiz yutug‘i hozirgi zamon 
sivilizatsiyasining ulkan muvaffaqiyatga erishganidan dalolat beradi. Huquqiy 
davlatlarning mavjudligi hayotning barcha tarmoqlarida erishayotgan kundalik 
yutuqlari, boshqa mamlakatlar uchun mayoq vazifasini o‘taydi hamda ularga 
adolatli insonparvar davlat qurish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Huquqiy davlat etatik davlatdan qat’iy ravishda ajralib turadi. Mazkur ta-
fovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha taraflari, 
shuningdek oldida turgan vazifalarni hal etish shakl va usullari, jamiyat, millat 
va elatlar, ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat 
birlashmalari kabi tarmoqlarni qamrab oladi. Ulardan eng muhimlari haqida 
to‘xtalamiz:



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling