Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
503
XXIV bob. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat dor ayollarga, nogiron farzandni tarbiya va parvarish qilayotgan ota-onalar bir qator imtiyoz va yengilliklar nazarda tutilgan. Ijtimoiy tabiatga ega davlatimiz har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda bel- gilangan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqini kafolatli ta’minlaydi. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari miqdori rasman bel- gilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdoridan oz bo‘lishi mumkin emas (Аsosiy qonunning 39-moddasi). Ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishlaridan biri aholi sog‘lig‘ini saqlash- dir. Hukumat har bir insonning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash uchun izchil siyosat olib bormoqda. Bu siyosat 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan «Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonun» 1 , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi to‘g‘risida»gi (1998-yil 10-noyabr) Farmoni, «Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (2003-yil 26-fevral) Farmoni 2 va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-yanvardagi majlisida quyidagi fikrlarni bildirdi: «Аholi farovonligi va turmush darajasini muttasil oshirish... doimo e’tiborimiz markazida bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalarini yanada rivojlantirish, ularning moddiy-texnika ba- zasi mustahkamlash, ... ijtimoiy infrastruktura obyektlarini jadal rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya tozalash tizimlari bilan ta’minlash biz uchun ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu maqsadlar uchun davlat budjeti jami harajatlarining qariyb 60 foizi yo‘naltiriladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 4 trln. 100 mln. so‘m yoki 22,5 foiz ko‘p demakdir. Jumladan, ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishga 34,3 foiz, sog‘liqni saqlash tizimiga 14,2 foiz mablag‘ sarflanadi» 3 . 2016-yilga mo‘ljallangan Davlat budjetida ta’lim va tibbiyot muassasala- rini qayta qurishga 1,5 trln. so‘m ajratish ko‘zda tutildi. 339 ta o‘quv muas- sasalari rekonstruksiya qilindi 4 . Prezident Sh. Mirziyoev o‘z ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidladi: «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida amalga oshirgan ishlarimiz haqida 1 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisining Ахbоrоtnоmаsi, 1996-yil, 9-sоn, 128-mоddа; O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisi pаlаtаlаrining Ахbоrоtnоmаsi, 2010-yil, 20-sоn, 148-mоddа. 2 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to‘plаmi, 2003-yil, 2-sоn, 16-mоddа, 2013-yil, 36-sоn, 477-mоddа. 3 Mаmlаkаtimizni dеmоkrаtik yangilаsh vа mоdеrnizatsiya qilishning ustuvоr yo‘nаlishlаri (O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti I.А. Kаrimоvning nutq vа mа’ruzаlаri). – T.: «O‘zbekiston», 2015. – 61-bet. 4 Хаlq so‘zi, 2015-yil 12-nоyabr. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling