Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
497
XXIV bob. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat Huquqiy davlat Konstitutsiyaning barqarorligini ham nazarda tutadi. Uni tez-tez o‘zgartirish, to‘ldirish va yangilash maqsadga muvofiq emas. Zero, bu holda u davlatning barqaror, uzoq muddatli xususiyatga ega Аsosiy qonuni bo‘lmay qoladi. Аgar konstitutsiya jamiyatning davlat darajasidagi xohish-iro- dasini ifodalasa, uni o‘zgartirish, yangilash xususiy xohish-irodaga emas, balki konstitutsiyaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Qonuniylikni mustahkamlash – huquqiy davlatning bosh mezoni. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinuvchi barcha normativ – huquqiy huj- jatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga mos bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy sanalgan farmon- lar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Hukuma- ti qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi, ularning ijrosini ta’minlaydi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmon- lariga asoslanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etish uchun majburiydir. Qonuniylik va huquqiy davlat – ko‘p jihatdan uzviy kategoriyalardir, biroq ular o‘rtasida farq bor. Qonuniylik huquq sohasidagi barcha subyektlarning qonunlarga so‘zsiz rioya etishlarini talab qiladi, huquqiy davlat esa, xuddi shunday talabni xalq hokimiyati funksiyalarini bajaruvchi davlat tuzilmalariga nisbatan ham qo‘yadi. Shu sababli huquqiy davlatchilik, eng avvalo, hokimiyat tuzilmalari, chunonchi, davlat hokimiyati, boshqaruv, sud va prokuratura organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonun ustuvorligini anglatadi. Huquqiy davlatda inson huquqlari poymol etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Boz ustiga, huquqiy davlat bu huquqlarni amalga oshirishni qat’iy va izchil ta’minlashi va ularni himoya qilishi lozim. Shu munosabat bilan jamiyat va davlat hayotining turli jabhalarida huquqiy tenglik muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Uning yechimi davlat bunday tenglikni ta’minlovchi ishonchli kafo- latlarni yaratishini nazarda tutadi. Huquqiy davlatga xos bo‘lgan inson va fuqaro huquq va erkinliklari ro‘yxati xalqaro hujjatlarda ifodalangan. Bu, eng avvalo, BMT Bosh Аssambleyasi 1948-yil 10-dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yil 16-dekabrda qabul qilgan «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt» hamda «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt» va boshqalardir. Ko‘rsatilgan hujjatlarda e’lon qilingan huquq va erkinliklar ro‘yxati huquqiy davlatlarning konstitutsiyalarida mustahkamlab qo‘yilgan va kafolatlangan. Ularda shaxsni yuridik himoya qilishga alohida e’tibor beriladi. Ma’lumki, aybsizlik prezumpsiyasisiz shaxsni yuridik himoya qilishni ta’minlash mumkin 32–18-8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling