Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


XXIV bob. FUQAROLIK JAMIYATI


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet484/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

XXIV bob. FUQAROLIK JAMIYATI
VA HUQUQIY DAVLAT
Fuqarolik jamiyati 
tushunchasi va 
mohiyati
1-§.


481
XXIV bob.
 Fuqarolik jamiyati 
va huquqiy davlat
shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat prinsiplariga tayanuvchi 
erkin insonlar jamiyati bo‘lmog‘i lozim.
Konstitutsiyaning mazmun va mohiyatidan shu narsa qat’iy ayonki, mam-
lakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat prinsiplariga 
tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga 
intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari 
boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir»
1
. U yana quyidagilarga 
e’tiborni qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. 
Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga 
monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq 
va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, 
boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, 
erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi»
2
.
Xo‘sh, fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, u qanday 
jamiyat?
Eng umumiy tarzda lo‘nda ta’rif beriladigan bo‘lsa, 
fuqarolik jamiyati – 
ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvidan, ma’muriy tazyiqlardan holi 
bo‘lgan hamda insonlarning xususiy turmush sohasini tashkil etuvchi munosa-
batlar majmuidir. Hozirgi davrda falsafiy, siyosiy va yuridik adabiyotlarda fuqa-
rolik jamiyatini ta’rif va tavsif etishga faol harakat qilinmoqda. Bu ta’riflardan 
ba’zilarini talqin etaylik. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling