Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
476
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi jinoyatga mutanosib bo‘lishi lozim» 1 . Yuridik javobgarlikni belgilashda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi: Adolatlilik – aybdor bo‘lmagan shaxslarning javobgarlikka tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik yoki sodir etilgan qilmishning isbotlanishi zarurligini talab eta- di, shuningdek qo‘llanilayotgan jazo sodir etilgan jinoyatga mutanosib bo‘lishi lozim. Qonuniylik – huquq qoidalari talablarini qat’iy va aniq joriy etishdan iborat bo‘lib, yuridik javobgarlikka nisbatan bu talab faqat vakolatli davlat or- ganlari tomonidan qonunda belgilangan asoslarda hamda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda muomalaga layoqatli shaxsga nisbatan u huquqqa zid xatti-harakat qilgan taqdirdagina jazo qo‘llanilishi lozim. Gumanizm (insonparvarlik) – yuridik javobgarlikka tortish jarayonida qonunda nazarda tutilmagan usullar, ya’ni qiynoqqa solish, jismoniy azob berish kabi insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab etadi, ayniqsa, jazo tayinlanayotgan vaqtda inson huquqlarining oliy qadriyat ekanligi e’tiborga olinishi lozim. Jazoning asoslanganligi – bunda jazo tayinlash vaqtida sud ishni har tomonlama chuqur o‘rganib, tahlil qilib, aybini isbotlab, keyin jazo tayinlashi lozim. Maqsadga muvofiqlik prinsipi sodir etilgan qilmishga nisbatan javobar- likning muqarrarligini anglatadi, chunki belgilangan jazo yuridik javobgar- likning maqsadiga muvofiq bo‘lishi lozim. Javobgarlikning muqarrarligi – yuridik javobgarlik faqat huquqbuzar- lik asosida kelib chiqadi, u bilan bevosita bog‘liq. Sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik (jazo) albatta qo‘llanilishi shart, u muqarrar bo‘lmog‘i lozim. Hech bir huquqbuzarlik jazosiz qolmasligi shart. Individuallik prinsipiga binoan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun faqat aybdor shaxsning o‘ziga nisbatan javobgarlik qo‘llaniladi, jumladan, ota yoki onaning huquqbuzarligi uchun farzand yoki farzand uchun ota-ona javobgarlik- ka tortilishi mumkin emas. Jamiyatda har bir shaxs sodir etgan huquqbuzarligi uchun o‘zi javob beradi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling