Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet477/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   473   474   475   476   477   478   479   480   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud:
Jinoiy javobgarlik fuqarolar tomonidan jamiyat va davlat tuzumiga
turli shakldagi mulkka, xo‘jalik tizimiga, fuqarolarning huquqlari va qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari va hokazolarga qarshi tajovuz qilinganida 
kelib chiqadi. Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan talablarni buzish jinoyat hi-
soblanadi va shu jinoiy harakat yoki harakatsizlikka nisbatan jinoiy javobgar-
lik belgilanadi. Jinoiy javobgarlikka davlat majburlov choralarining eng qattiq 
turlari kiradi. Uni amalga oshirish Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya 
kodekslari bilan tartibga solingan. 
Jinoiy javobgarlikda jazo asosiy va qo‘shimcha turlarga bo‘linadi. Hozirgi 
kunga kelib jazo tizimini erkinlashtirish (liberallashtirish) bo‘yicha islohotlar 
amalga oshirilmoqda. Prezident famoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida 
o‘lim jazosi 2008-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilindi. Shu bilan bir qatorda, 
mol-mulkni musodara qilish jazosi qo‘shimcha jazo tizimidan chiqarib tash-
landi.
«Ma’lumki, O‘zbekistonda 2008-yilning yanvaridan boshlab o‘lim jazosi 
bekor qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum 
qilish jazo turi joriy etildi. Mamlakatimizda o‘lim jazosining bekor qilinishi 
xalqaro hamjamiyatning katta e’tibor va e’tirofiga sazovor bo‘lgani, albatta, 
ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik o‘ta muhim voqeadir. Nufuzli xorijiy ekspert-
larning ta’kidlashiga ko‘ra, ushbu chora va bu sohada yuqorida ko‘rsatilgan 


474
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
boshqa bir qator ishlarning amalga oshirilishi bilan O‘zbekistonda dunyodagi 
eng liberal jinoiy jazo tizimlaridan biri yaratildi. Xalqaro ekspertlarning bu 
boradagi qiyosiy tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, umrbod ozodlikdan mahrum 
qilish jazosi Germaniya va Polshada 5 ta, Belgiya va Rossiyada 6 ta, Dani-
yada 9 ta, Shvetsiyada 13 ta, Fransiyada 18 ta, Gollandiyada 19 ta jinoyat turi 
bo‘yicha tayinlanishi mumkin. 
O‘zbekistonda esa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo 
chorasi bo‘lib, faqat ikki turdagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni og‘irlashtiruvchi 
holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm uchun tayinlanadi. Ushbu jazo 
turi bizning mamlakatimizda xotin-qizlarga, jinoyat sodir etgan paytda 
18 yoshga yetmagan shaxslarga va yoshi 60 dan oshgan erkaklarga nisbatan 
qo‘llanilishi mumkin emas»
1
.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   473   474   475   476   477   478   479   480   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling